Patent bojlari tushunchasi. Bojlar miqdori, to'lash muddati va qonundan kelib chiqqan boshqa shartlar

Patent bojlari tushunchasi. Bojlar miqdori, to'lash muddati va qonundan kelib chiqqan boshqa shartlar

O'quvchilarga / Huquq
Patent bojlari tushunchasi. Bojlar miqdori, to'lash muddati va qonundan kelib chiqqan boshqa shartlar - rasmi

Material tavsifi

Patent bojlari tushunchasi. Bojlar miqdori, to'lash muddati va qonundan kelib chiqqan boshqa shartlar Reja: Mualliflik huquqini amal qilish muddati Patent bojlari tushunchasi Tayanch tushuncha iboralar: ixtirochilik; patent bojlari; bojlar stavkasi; sanoat namunasi; foydalimodel; litsenziya; sotib olish, sotish; MPK. 1. Mualliflik huquqini amal qilish muddati Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Hammualliflikda yaratilgan asarga bo'lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko'rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Taxallus ostida yoki imzosiz qonuniy oshkor qilingan asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar oshkor qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Agar ko'rsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz asar muallifi o'z shaxsini malum qilsa yoki bundan buyon uning shaxsi shubhaga o'rin qoldirmasa, u holda mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Muallifning vafotidan keyin birinchi marta elon qilingan asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar elon qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Mualliflik huquqi, mualliflik ismi-sharifiga bo'lgan huquq va muallif obro'sini himoya qilish huquqi muddatsiz muhofaza qilinadi. Asarga O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza berilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqining amal qilish muddati yuqorida aytilgan tartibda belgilanadi. Lekin bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan mualliflik huquqining amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak. Yuqorida nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning o'ta boshlashi uchun asos bo'ladigan yuridik fakt yuz bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan etiboran boshlanadi. Muallifning mulkiy huquqlari meros bo'yicha o'tadi. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari meros bo'yicha o'tmaydi. Muallifning merosxo'rlari ko'rsatilgan huquqlarni himoya qilishga haqlidir. Merosxo'rlarning ushbu huquqlari muddat bilan cheklanmaydi. Muallifning merosxo'rlari bo'lmagan taqdirda, uning shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish maxsus vakolatli davlat organi zimmasiga yuklanadi. Agar asarga bo'lgan mualliflik huquqi bir necha merosxo'rga birgalikda tegishli bo'lsa, asardan foydalanish tartibi ular o'rtasidagi kelishuvda belgilanadi. Bunda merosxo'rlardan hech biri boshqa merosxo'rlarning asardan foydalanishini etarli asoslarsiz taqiqlashga haqli emas. Asarlarga bo'lgan mualliflik huquqining amal qilish muddatining tugashi ularning ijtimoiy mulkka aylanishini bildiradi. O'zbekiston Respublikasi hududida hech qachon muhofaza berilmagan asarlar ijtimoiy mulk hisoblanadi. Ijtimoiy mulk bo'lgan asarlardan har qanday shaxs mualliflik haqini to'lamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlariga rioya etilishi kerak. 2. Patent bojlari tushunchasi Patent bojlari. Sanoat mulki obyektlariga huquqiy muhofaza berish bilan bog'liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Agentlikka to'lanadi. Patent bojlarining miqdori va ularni to'lash muddatlari, ularni to'lashdan ozod qilish, to'lov miqdorlarini kamaytirish yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.54 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.54 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga