Patronlarning tasniflashi. Unitar patronlarning tuzilishi. Patronlarning tarkibiy qismlari Jangovar o'q-dorilar deb, umuman dushmanning tirik kuchlarini va jonivorlarni jarohatlovchi, jangovar texnikasiga zarar yetkazuvchi, inshootlarini buzishga mo'ljallangan jismlarga aytiladi. Jangovar o'q- dorilar asosiy qismining harakati portlovchi moddalar yonishidan hosil bo'lgan energiyadan foydalanishga asoslangan. Tor ma'noda esa jangovar o'q otuvchi qurollarning o'q-dorilari deb, zavodda yoki qo'lbola usulda yasalgan patronlarga aytiladi. O'q otuvchi qurollarning patronlari turli asoslarga ko'ra tasniflanadi. 1. Tuzilishiga ko'ra: unitar (gilza yordamida o'q, porox zaradi va yondiruvchi-piston birlashtirilgan patronlar); nounitar (snaryad gilzadan alohida); gilzasiz. 2. Yondiruvchi tarkibining joylashishiga ko'ra: markaziy yondiruvchi; halqali yondiruvchi; yonbosh yondiruvchi. 3. Foydalaniladigan qurolning mo'ljallangan maqsadiga ko'ra: jangovar qurollar uchun; jangovar; o'quv-mashq; sport-mashq; namuna (yuqori bosimli); ov qurollari uchun; sport qurollari uchun. 4. Qurol turiga ko'ra: to'pponchalar uchun; revolverlar uchun; oraliq (avtomatlar uchun); vintovkalar uchun; miltiqlar uchun. 5. Foydalaniladigan qurollarga nisbatan: shtatli patronlar; o'rinbosar patronlar. 6. Kalibriga ko'ra: kichik kalibrli (6,5 mm gacha); o'rta kalibrli (6,5-9 mm gacha); yirik kalibrli (9-14,5 mm gacha). 7. Foydalanilgan qurol mil kanalining turiga ko'ra: maxsus ariqchali qurollar uchun; silliq milli qurollar uchun. 8. Tayyorlanish usuliga ko'ra: zavodda yasalgan; qo'lbola usulda yasalgan; o'zgartirilgan. Zamonaviy maxsus ariqchali quroldan otish uchun unitary patron ishlatiladi. Patronlar jangovar va yordamchi (bo'sh) patronlarga ajraladi. Jangovar unitar patron o'zaro birlashgan gilza, snaryad, porox zaradi va yondiruvchi pistondan iborat. Gilza - patronning snaryad, porox zaradi va yondiruvchi pistonlarni o'zaro birlashtiruvchi va ularni tashqi ta'sirlardan saqlovchi, patronning patrondonda joylashishi hamda o'q otilishida porox gazlarining siqilib ishlashini ta'minlovchi qismiga aytiladi. Gilza korpus va qalpoqchadan iborat. Patron gilzalari tompak bilan qoplangan jez yoki po'latdan yasaladi. Ov miltiqlarining ba'zi patronlari metall asosdan va karton yoki plastmassa korpusdan iborat bo'ladi. Shakliga ko'ra, gilzalar silindrsimon, butilkasimon, konussimon bo'ladi. Gilzaning qalpoqchasi yonida halqasimon ariqcha bo'ladi. Ba'zi gilzalar qalpoqchasining diametri korpus diametridan kichik bo'ladi: bunday gilzalar qirrasiz gilzalar deyiladi. Agar qalpoqchaning diametri korpus diametridan katta bo'lsa, qirrali gilzalar deyiladi. Silindrsimon gilzalarning ba'zilarida o'qni gilzaga mahkamlash uchun turli shakldagi (aylanasimon, sigmentsimon va hokazo) maxsus o'yiq ariqchalar qilinadi (kanelyura). Butilkasimon gilzalarda korpusning qiya qismi va gilza og'zi mavjud. Markaziy jang patroni gilzasining tubida sandonli va yondirish tuynukli uyacha bor. Ba'zi ov patronlarining gilzasida pistonlar uchun maxsus teshiklar mavjud. Gilzalarning tagida markirovka belgilari bo'ladi. Snaryad - patronning qurol mili kanalidan uloqtirib yuborilayotgan jarohatlovchi elementidir ( o'q, sochma o'q, pitra). O'q - silindrsimon yoki soqqasimon snaryadlardir. Silindrsimon o'qlarda bosh va yetakchi qismlar mavjud. Ba'zi bir oraliq, vintovka va kichik kalibrli patronlarning o'qlarida orqa qism ham bo'ladi. O'q bosh qismining yuqorisi o'qning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.08 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.08 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: doc