Penitentsiar psixologiya fanining predmeti maqsadi va vazifalari

Penitentsiar psixologiya fanining predmeti maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Penitentsiar psixologiya fanining predmeti maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Penitentsiar psixologiya fanining predmeti maqsadi va vazifalari Reja: Penitentsiar psixologiya haqida tushuncha va uning fanlar orasidagi o'rni Kriminal, sud va penitentsiar psixologiyasi Jazoni ijro etish tizimi - bu sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki afv akti asosida jazo ijrosini taminlovchi, jazoni ijro etish muassasalarda mahkumlarni axloqan tuzatish bilan shug'ullanuvchi, jinoyatlar sodir etilishining oldini oluvchi, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi ichki ishlar organlari tarkibidagi bo'linmalarning faoliyatini aks ettiradi. Jazoni ijro etish xizmati Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tarmoq xizmat hisoblanib, o'z apparatlari va muassasalariga ega. Jazoni ijro etish xizmatining apparat va muassasalari O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy bo'linishiga asosan tizimlashtiriladi. Penitentsiar psixologiya nomi fanlar tizimiga XX asrning 90yillarida kirib kelgan bo'lib, ungacha bu fanni «tuzatish - mehnat psixologiyasi» deb nomlangan. Psixologiyaning mazkur tarmog'i yuzaga kelishiga asosiy sabab XIX asr o'rtalarida jazo muddatini o'tayotgan mahkumlarni jamiyatga qaytarish va tarbiyalash jarayonining insoniylashtirish muammosini ilmiy asosini yaratish masalasi keng ommani o'ziga jalb etdi. Mazkur muammoning ilmiy asosini psixologik yondashuvsiz amalga oshmasligi isbotlab berilgandan so'ng penitentsiar psixologiya faniga amaliy tadqiqotlar asosida dastlabki tamal toshlari qo'yildi. Yuridik psixologiyaning alohida tarmog'i sifatida penitentsiar (lotincha poenitentiarius - tavba-tazarru, tuzalishga moyil) psixologiya hozirgi kunda ham turlicha nomlanib kelinadi. Misol uchun: «Tuzatish - mehnat psixologiyasi», «Jazoni ijro etish psixologiyasi», «Axloq tuzatish psixologiyasi» yoki «Qayta tarbiyalash psixologiyasi» va hokazo. Hozirgi kunda «Penitentsiar» va «Tuzatish» psixologiyasi sinonim sifatida qo'llanib kelinmoqda. Penitentsiar psixologiyaning yuridik fanlar tarmog'idan ajralib chiqishiga dastlab, jinoiy jazoni ijro etish sharoitida yuzaga kelayotgan turli psixologik hodisalar to'g'risida to'planib borayotgan faktlarni umumlashtirish va tizimlashtirish, muayyan psixologik qonuniyatlarni aniqlash va o'rganish maqsadi, shuningdek ular asosida ilmiy metodlarni ishlab chiqish va qo'llash ehtiyoji turtki bo'ldi. Bazi olimlar ko'pincha penitentsiar psixologiya predmetiga jazoni o'tash sharoitida tuzalish va qayta tarbiyalanish jarayonida mahkum shaxsiyati va mahkumlar guruhining harakatiga oid faktlar, qonuniyatlar va mexanizmlarni kiritadilar. Mazkur holatlarda esa asosiy ta'sir vositalari asoslantirilmaydi. Boshqa olimlar esa jazoni o'tash jarayonida tuzatish psixologiyasi, jinoyat sodir etgan shaxslarning tuzalishi, mehnat faoliyatiga jalb etilishi, normal ijtimoiy muhitga moslashishi, mahkum shaxsining o'zgarishi, tuzatishga ta'sir etuvchi omillar, mahkumlar jamoasining tuzilishi kabi psixologik tomonlarini tadqiq etishi, shu bilan birga mahkumlarning tuzalishi va ijtimoiylashuviga doir amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishi lozim, deb hisoblaydilar. Masalan, M. I. Yenikeev (1996) penitentsiar psixologiyaga (penitentsiar - lotincha roepiteptariis tavba-tazzaru qilish) ta'rif berarkan, unga mahkumning aybiga iqror bo'lishi, tazzaru qilishi hamda ijtimoiylashuvini kiritadi, tuzatish psixologiyasi avvalo shaxsning jamiyatda to'laqonli hayot kechirish uchun zarur bo'lgan ilgari buzilgan ijtimoiy fazilatlarini tiklash - ijtimoiylashuvning psixologik asoslarini o'rganadi deb tushuntiradi. Yuqoridagilardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.51 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.51 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga