Penitentsiar psixologiyaning prinsiplari va metodlari Reja: Penitentsiar psixologiyaning prinsiplari va metodlari Penitentsiar psixologiyaning vazifalari va muammolari Penitentsiar psixologiyaning prinsiplari va metodlari Penitentsiar psixologiya har qanday fan kabi o'zining vujudga kelishi, ilmiy-nazariy tendensiyalar almashinuvi tarixi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqib amaliyotga tatbiq etilishining o'ziga xos xususiyatlariga ega. Penitentsiar psixologiyaning tarixiy qismini tadqiq etish o'z navbatida nazariy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Fan metodologiyasi faoliyatni tashkil etish usullari va tamoyillarining kategoriyalar tizimi sifatida yuzaga keladi. Penitentsiar psixologiyada bilishning psixologik kategoriyalari sifatida quyidagilar tahliliy birliklar bo'lib namoyon bo'ladi: «shaxs», «sherikchilik», «tuzalish», «ijtimoiylashuv» va boshqalar. Psixologik bilimlar metodologiyasini nazariy konsepsiyalar ishlab chiqilishi uchun zaruriy tamoyillar majmuasi tashkil etadi. Penitentsiar psixologiya metodologiyasi shaxs va mahkumlar muhitida yuzaga keladigan psixologik hodisa va jarayonlarni to'liq qamrab oluvchi kontseptual-yaxlit, tizimli, penitentsiar nazariya va amaliyotining dolzarb masalalarini etiborga olish maqsadini ko'zlaydi. Penitentsiar psixologiyaga ham tatbiq etilishi mumkin bo'lgan psixologiyaning umumiy metodologik tamoyillardan biri determinizm prinsipidir. Shaxs rivojlanishi, uning psixologik xususiyatlari borliq va hayot tarzi bilan shartlanganligi jazoni o'tash muassasalaridagi voqelik va mahkumlar turmush tarzining boshqarilishini talab etadi, busiz ularning ijobiy tomonga o'zgarishi mumkin emas. Determinizm prinsipidan barcha psixik hodisalar obyektiv faoliyat bilan sababiy bog'liqlikda ikkilamchi paydo bo'lganligi, miya faoliyati bilan shartlanganligi, ularni keltirib chiqargan sabablarni aniqlagandan keyin o'rganilishi kelib chiqadi. Ong va faoliyat birligi prinsipi faoliyat ongsiz, ong faoliyatsiz mavjud bo'lmasligini takidlab, psixika tashqi muhitni aks ettiruvchi sifatida kelishini talqin qiladi, psixika va uning tashuvchisi - shaxsni, faol xarakterini asoslab, tuzatish ta'siriga tushuvchi har bir mahkumga nafaqat obyekt sifatida, balki atrofdagi voqelik hamda o'z-o'zini o'zgartirishi mumkin bo'lgan o'ziga xos faoliyat ichiga kirib ketuvchi tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalashning faol subyekti sifatida qarashni talab etadi. Rivojlanish prinsipi fundamental falsafaning rivojlanish kategoriyasi sifatida psixologiya tushunchalari tizimida yetakchi o'rinda keladi. Rivojlanish prinsipi tizimli yondashuv prinsipi bilan uzviy bog'liq bo'lib, uni ro'yobga oshirish esa psixik rivojlanish jarayonini murakkab tashkiliy yaxlitlikda qarab chiqish, ijtimoiy manbalarini ochish, shaxs shakllanishi tarixini ko'rish imkonini yaratadi. Tizimli yondashuv prinsipi turli ko'pgina ko'rsatkichlar orasida ko'p o'lchovli aloqalarni o'rnatishni, faoliyat va uning dinamikasi turli jihatlarini aks ettiruvchi tizimni tuzishni talab etadi. Mazkur ma'lumotlarni mahkumlarni tuzatish va ijtimoiylashuvi bo'yicha ish olib borilayotganda hisobga olish zarur. Barcha psixik hodisalar miqdor va sifat o'zgarishi hamda rivojlanishida ko'rib chiqilishi zarur, bu shaxs psixologiyasi o'zgarishining qonuniyatlarini ochib berishga, agar rivojlanish manbalari va qonuniyatlari to'g'ri boshqarilsa mahkum tuzalishi imkoniyatlarini asoslab berishga yordam beradi. Shaxsiy yondashuv prinsipi shaxsni faqat psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar sifatida tushunishda funksionalizmga barham berib, tuzatish jarayonida mahkumning bazi bir psixik funksiyalarini o'zgartirish bilan kifoyalanmay, balki uning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.8 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.8 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: doc