Pisxologik testlar va ularning ta'rifi Reja: Dastlabki psixologik testlar. Intellektual testlar. Kettlning shaxsning 16 faktor testi. Kasb tanlashga yo'llash testlari. Test metodi. Test - inglizcha so'z bo'lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqpiy o'sishini, mentalitetini, qobiliyatini, iro-daviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo'lla-niladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste'-dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo'llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig'ilgan psixologik ma'lumotlarning obyektivligi va ularni il-miy tahlil qila bilashga bog'liqdir. 1905 yildan, ya'ni franiuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o'sish va iste'dod darajalarini o'lchash imkoniyati borligi g'oyasini olg'a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo'llana boshlandi. Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste'dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroqtest tekshirilayotgan hodisa-larning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma'lumki, bir muam-moning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSH, Yevropava hokazo) testologlari tadqiqot obyektlarini o'zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko'nikma hamda malakalarni aralash holda o'rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomat-ligiga bog'liqruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq It-tifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy va boshqalar qo'llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarningtafakkur ko'rsatkichi (indikatori) bo'lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur ja-rayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mo-hiyatini yoritib bo'lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlar-dan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psi-xologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini ki-ritish mumkin. Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo'llaniladi. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga: Bilim, ko'nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniq-lashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur hara-kat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo'ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to'g'risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo'naltirilgan), og'zaki testlar (savollar tizimi umumiy ga'lim va kasb ta'limida tayyorgarlik darajasini aniklaydi). Insonningakl idroki, aql zakovati, aqliy qobiliyati va fikr-lash darajasini o'lchashga mo'ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda tuzilgan bo'lib, aqliy imkoniyat, o'quvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy taraq-qiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo'riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsif-lashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi. Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatla-rini o'rganish va baholashga mo'ljallangan bo'ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning mahsuldor-ligi: egiluvchanligi, tezkorligi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.86 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.86 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: doc