Poraxo'rlikni tergov qilish uslublari

Poraxo'rlikni tergov qilish uslublari

O'quvchilarga / Huquq
Poraxo'rlikni tergov qilish uslublari - rasmi

Material tavsifi

Poraxo'rlikni tergov qilish uslublari Reja: 1. Poraxo'rlikning kriminalistik tavsifi 2. Tipik tergov vaziyatlari, versiyalari va tergovni rejalashtirish 3. Dastlabki va keyingi tergov harakatlari Poraxo'rlik har doim mansabdor shaxsning xizmat vazifalarini o'z g'arazli maqsadlari yo'lida suiistemol qilishi bilan bog'liq va ko'pgina hollarda yashirincha, guvohlarsiz yuz beradi. Poraxo'rlikda jinoyat subyektlarining odatiy aloqa sxemasi quyidagicha: pora beruvchi - pora oluvchi, bazan esa, pora beruvchi - vositachi - pora oluvchidan iborat. Masalan, savdo sohasidagi poraxo'rlikda pora oluvchining bir necha vositachi bilan aloqasi odatiydir. Bunda vositachilar mustaqil, bazan esa o'zaro xizmat bilan bog'liq bo'ladilar. Vositachi o'zining ulushini olgan holda jinoyatni sir tutishga harakat qiladi va odatda poraxo'rlik tashabbusqorining ishonchli odami bo'ladi. Bu aloqa bajarilishi jarayoni nihoyatda sir saqlanadi. Poraxo'rlar pora beruvchi jinoyat ustida qo'lga tushganda qanday bahona to'qishini avvaldan tayyorlab qo'yadi. Jinoyatni berkitishning turli usullari bor: «sovg'a qilish», «qarz berish», korxonaning shtatiga ishchi, xodim sifatida qabul qilish va maosh to'lash yoki moddiy rag'batlantirish va hokazo. Poraxo'rlikning natijasi har doim ham moddiy qayd qilinmaydi. Ammo bir qator vaziyatlarda jinoyatga aloqador shaxslarning barmoq izlari pora predmetida, o'ramda qoladi, bazan esa poraxo'rlikning boshqa izlari ham saqlanib qoladi (tovar cheklari, etiketkalar, pul, qimmatbaho narsalar, jinoyatchilarning shaxsiy yozuvlari va boshqalar). Poraxo'rlik ko'pgina hollarda davlat yoki jamoat mulkini talon-taroj qilish, xizmat vakolatlarini suiistemol qilish va boshqa jinoyatlar bilan bog'liq. Poraxo'rlikning kriminal tavsifi jinoyat sodir etishning quyidagi tipik holatlari bilan bog'liq: a)pora beruvchining manfaatlarini ko'zlovchi noqonuniy harakatlar bilan bog'liq poraxo'rlik; b) pora beruvchining manfaatlarini ko'zlovchi qonuniy harakatlar bilan bog'liq poraxo'rlik, masalan: uy-joy yoki biror mablag' olishni tezlashtirish maqsadida; v) vositachilarsiz pora berish va olish; g) vositachilar yordamida pora berish va olish; d) tamagirlik yo'li bilan pora olish; e) tamagirliksiz pora olish. 2-§. Tipik tergov vaziyatlari, versiyalari va tergovni rejalashtirish Poraxo'rlik haqidagi jinoyat ishi jamoatchilik, mansabdor shaxslar vakillarining ma'lumotlariga ko'ra, fuqarolarning arizalari, matbuotdagi xabarlar va militsiya organlarining tezkor-qidiruv tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Tergovchi, jinoyat ishi qo'zg'atish haqida qaror qabul qilarkan, yuz bergan tergov vaziyati va boshlang'ich ma'lumotlarni baholaydi va ularga asosan versiyalar ishlab chiqadi va tergov rejasini tuzadi. Poraxo'rlikni tergov qilishning tipik vaziyatlariga quyidagilar kiradi: Malum bir mansabdor shaxs tomonidan pora olinganligi haqida aniq dalil mavjud. Bunday hollarda, odatda, jinoyat ishi qo'zg'atiladi va tergov rejasi tuziladi. Boshlang'ich tergov jarayonida amalga oshiriladi: guvohlarni so'roq qilish, mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko'zlovchi harakatlar qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo'yish va ko'zdan kechirish; pora beruvchini ushlash va so'roq qilish; sheriklarni tintuv qilish, pora predmetini ko'zdan kechirish; yuzlashtirish, kriminalistik ekspertiza tayinlash - kerak bo'lsa hujjatlarni sud-dastxat yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.95 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.95 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga