Portlovchi qurilmalar

Portlovchi qurilmalar

O'quvchilarga / Huquq
Portlovchi qurilmalar - rasmi

Material tavsifi

Portlovchi qurilmalar Bu bo'limning alohida ajratilishiga sabab tadqiqot obyektlari bilan, ayniqsa qo'lbola usulda tayyorlangan portlovchi qurilmalar bilan ishlashning nihoyatda xavfliligidir. Portlovchi qurilmalarga portlatish uchun maxsus mo'ljallangan har qanday qurilmalar kiradi. Har qanday portlovchi qurilma ikkita asosiy tarkibiy qism - portlovchi moddalar zaradi va unga ta'sir qiluvchi vosita - qo'zg'atuvchi (detonator)dan iborat bo'ladi. Ko'plab portlovchi qurilmalar qobiqqa o'ralgan bo'ladi. Qobiqlar sifatida metall quvurlarning parchalari, konserva bankalari, faner va plastmassa idishlar, shisha, folga va boshqa butilka hamda bankalar qo'llanadi. Niqoblash uchun portlovchi qurilmalar pochta posilkalari, banderollar, stol lampalari, elektroustaralar, elektrofonarlar, avtoruchkalar va boshqa buyumlarda joylashishi mumkin. Portlovchi qurilmaning zarar yetkazuvchi kuchini oshirish uchun uning sirtiga ko'ndalang, bo'ylama va boshqacha ariqchalar o'yiladi, zaradi tarkibiga esa turli xil qattiq buyumlar: sochmalar, shisha siniqlari, mixlar va boshqa jismlar qo'shiladi. Portlovchi qurilmalarning sanab o'tilgan xusu- siyatlari bu qurilmani tayyorlagan shaxsning texnik va maxsus tayyorgarligining darajasi, tajribasi, imkoniyatlari hamda ruhiy xususiyatlariga bog'liq. Granata, mina, snaryadlar kabi jangovar o'q-dori va qurollarni alohida hollarda sanoatda ishlab chiqarilgan portlovchi qurilmalar deb qarash mumkin. Portlovchi modda yoki portlovchi qurilma ishlatilishi bilan bog'liq jinoiy ishlarda turli xil ekspertizalar tayinlanadi. Masalan, portlovchi qurilmalar zaradini portlash mahsulotlarining takribiga ko'ra aynanligini aniqlash uchun portlash-kimyoviy ekspertiza, portlovchi qurilma parchalari metalining mar- kasini aniqlash uchun metalshunoslik ekspertizasi, bu parchalarni bir mahsu- lotga tegishliligini aniqlash uchun trasologik ekspertiza, ishlatilgan portlovchi qurilma yoki portlovchi moddaning kelib chiqish manbaini aniqlash uchun yoqilg'i moylash va neft mahsulotlari ekspertizasi tayinlanadi. Portlash texnikasi ekspertizasi ushbu ish bo'yicha o'tkazilgan ekspertizalarni umumlashtiruvchi hisoblanadi. Chunki bu ekspertizada ishlatilgan portlovchi qurilmaning turi, tuzilish xususiyatlarini aniqlash orqali ushbu portlovchi qurilmani tayyorlagan shaxsning kasbiy tajribasi va maxsus bilimlari haqidagi savollarga javob beriladi. 1 3 1-rasm. Portlovchi qurilmaning soddalashtirilgan chizmasi: 1 - qobiq; 2 - portlovchi modda zarуadi; 3 - detonator; 4 - tubi. Portlovchi qurilma portlovchi modda solingan qobiq va qo'zg'atuvchi (detonator)dan iborat. Qobiq yopiq bo'lishi ham, qopqoqli idishdan iborat bo'lishi ham mumkin. Portlovchi moddalar - tashqi ta'sir ostida issiqlik ajratuvchi, ko'p miqdorda gaz hosil qiluvchi, katta bosim tashkil qiluvchi, buzish va uloqtirish qobiliyatiga ega bo'lgan, juda tez kimyoviy o'zgarishlar qila oluvchi kimyoviy birikmalar va aralashmalardir. Portlovchi moddalarning portlashi o'q va snaryadlarning otilishi hamda portlashi uchun energiya manbai bo'lib xizmat qiladi. Portlovchi moddalar amaliy mo'ljallanishiga ko'ra, ta'sir qiluvchi, teshib o'tuvchi (brizantli) va otiladigan turlarga ajraladi. Ta'sir qiluvchi portlovchi moddalar (birlamchi portlovchi moddalar) - olov, zarba, ishqalanish yoki sanchilish ta'sirida oson portlaydigan portlovchi moddalar. Bu moddalar o'z qo'zg'alishi bilan boshqa portlovchi moddalarning portlashiga olib keladi. Ta'sir qiluvchi portlovchi moddalar pistonlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.29 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.29 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga