Pozitiv huquq tizimi va kategoriyalari Reja: Pozitiv huquq tushunchasi va uning nazariy asoslari. Huquq normalari tushunchasi, belgilari va tushunchasi Huquq manbalari muammolari Huquq ijodkorlik muammolari Huquq tizimi. Huquq tizimi bilan qonunchilik tizimi o'rtasidagi nisbat. Qonunchilikni tizimlashtirish muammolari. Huquqiy tartibga solish mexanizmida huquqiy munosabatlarning o'rni. Hozirgi zamonda huquqiy ong inqirozi va uni bartaraf etish muammolari. Pozitiv huquq tushunchasi va uning nazariy asoslari Huquq tushunchasi juda keng qamrovli bo'lib, uning turli ta'riflari mavjud. Shu o'rinda pozitiv huquq tushunchasiga biroz to'xtalishimiz zarur. V.S.Nersesyansning ta'biricha, «pozitiv huquq deganda mazkur jamiyatda harakatda bo'lgan, konkret-aniq mazmun va shaklga ega bo'lgan huquq ma'nosida, ya'ni yagona bir davlatga birlashgan insonlar xatti-harakatini tartibga soluvchi vosita sifatida o'zini namoyon etadigan huquq tushuniladi». Huquqning vujudga kelishi va undan foydalanish jarayonida uning mohiyati insonlar tomonidan amaliy zaruriy xatti-harakat qoidalari vujudga kelishi va mustahkamlanishidan ancha keyinroq anglana borgan. Huquqning o'zi hamma tomonidan e'tirof etiladigan va yagona, butun jamiyat uchun umumiy bo'lgan xatti-harakat qoidalari sifatida namoyon bo'ladi. Huquq insonlarning amaliy faoliyati sohasidagi ichki ishonchlari, baholari va intilishlari asosida vujudga keladi. Bundan tashqari u yoki bu ma'rifiy jamiyatda mavjud bo'lgan huquq haqidagi qarashlar, g'oyalar va ta'limotlar insonlar xatti-harakatini tartibga soladigan pozitiv huquqga asos bo'ladi. Pozitiv huquq normalari mazmunining tuzilishi tarixan asta-sekin boyib borgan. Qadimgi davrlardagi hukmdorlarning alohida «buyruqlari» hamda sudlarning turli masalalardagi «hukmlaridan» tortib fuqarolar, hokimiyat va amaldorlarning xatti-harakatini belgilovchi umumiy qoidalar, prinsiplargacha bo'lgan tarixiy rivojlanish davrini boshidan kechirgan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida turli odatlar va an'analar pozitiv huquq tomonidan e'tirof etilgan. Bugungi kunda inson huquqlari haqidagi normalar va prinsiplar tobora mustahkamlan-moqda va ular nufuzli xalqaro hujjatlar orqali pozitiv huquqning tarkibidan munosib o'rin egallamoqda. Bundan tashqari pozitiv huquq o'z ichiga konkret shartnomalardan kelib chiqadigan va qonunga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarni oladi. «Pozitiv huquq» atamasi XVI asrning oxiri -XVII asr boshlaridan boshlab huquq fani va amaliyotiga kira boshlagan. Ma'lumki o'sha davrda «davlat» huquqini ilohiy tabiiy huquqga qarama-qarshi qo'yish keng tarqalgan. Bunday fikrlar dastlab niderlandiyalik mutafakkir Gugo Grotsiy tomonidan «O prave voyni i mira» («Urush va tinchlik huquqi xususida») nomli asarida shaqlantirilgan. O'sha paytda insonning tabiiy huquqlariga qonunchilikdan mustaqil bo'lgan va adolatli davlat uchun majburiy bo'lgan huquq sifatida qarash ancha keng tarqalgan. Bunday fikrlar J.-J.Russo, Sh.-L.Monteskye, Volter, T.Gobbs, I.Kant, A.Radihev (XVII-XVII asrlar) asarlarida o'zining ifodasini topgan. Tabiiy huquq davlatning qonunchiligidan farq qilgan holda abadiy va o'zgarmas, insondan ajralmas huquqlar sifatida e'tirof etilgan. XIX- XX asrlardan boshlab Yevropava Shimoliy Amerikada mulk erkinligiga asoslangan burjua davlatchiligi mustahkamlanayotgan bir sharoitda siyosatchilar va huquqshunoslar o'z e'tiborlarini nafaqat tabiiy huquqlarga, balki ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
88.23 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
88.23 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: doc