Profayling metodi mahkumlar xulq atvori va xatti harakatini psixologik baholash usuli sifatida Reja: Profayling metodi tushunchasi va mohiyati Profayling konsepsiyasi aynan insonlarning profil ko'rinishi va ular xulq-atvorining tuzilishi Profayling metodi tushunchasi va mohiyati Psixologiya fani ijtimoiy fanlar tizimida nisbatan navqiron, lekin juda tez rivojlanib borayotgan istiqbolli fanlardan biridir. Bu fanning rivojlanishiga avvalo ijtimoiy hayot va amaliyotning o'sib borayotgan ehtiyojlari, yani jamiyatda bo'layotgan ijtimoiy hodisalarning sotsial-psixologik jihatdan o'rganib, tushuntirib berish zarurati turtki bo'lmoqda. Profayling metodi hozirgi kunda psixologiya sohasining yangi rivojlanib kelayotgan qiziqarli hamda amaliy ahamiyatga ega bo'lgan tarmog'idan biridir. Uni muammo sifatida nafaqat ijtimoiy psixologiya fani, shuningdek falsafa, pedagogika, mantiq, huquqiy va etika fanlari tizimida ham o'rganiladi. Jazoni ijro etish xizmati xodimlari faoliyati davomidagi munosabatlar tizimi etnopsixologik xususiyatlarga bog'liq holda shakllanib boradi. O'zbek xalqining tarixiy shakllangan an'analari, muayyan urf-odatlari, malum udumlari, shaxslararo munosabati, muloqot maromi va fikrlash xususiyati boshqa xalqlarnikidan sezilarli darajada farq qiladi. Jazoni ijro etish xizmati xodimlari xodimlari profayling xizmatini o'z faoliyatiga tatbiq etishda o'zbek xalqining milliy xarakteri, fazilatlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olishi lozim. Milliy xarakter o'z ichiga irodaviy sifatlarni (mustaqillik, chidamlilik, prinsipiallik, o'zini tuta bilish, bardoshlilik, qatiylik, matonatlilik singari) va axloqiy xislatlarni (madaniyatlilik, xushmuomalalik, poklik, intizomlilik, samimiylik, haqqoniylik, insonparvarlik va boshqalarni) qamrab oladi. Profayling metodining psixologik qonuniyatlari va mexanizmlari jazoni ijro etish xizmati xodimlari faoliyatida muhim o'rin egallaydi. Bu metod yordamida xodim psixologiya qonuniyatlariga tayangan holda mahkumlar bilan shaxslararo munosabatga kirishadi. Profayling jarayonida xodimning bilish sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xodimning mantiqiy fikrlashiga, holatni o'tmishdagi vaziyat bilan bog'lashiga, o'zaro solishtirish va qiyoslash malakasi, obyekti va sharoitini mukammal tarzda idrok etishiga yordam beradi. «Profayling» ingilizcha «profile» - profil, qiyofa manosini anglatadi. Profayling - bu shaxsning noverbal xatti-harakatlari va o'ziga xos xususiyatlarini baholash orqali uning harakatlarini haqqoniy baholash, bashorat qilish metodikasi hisoblanadi. Agar profayling metodini fuqarolar bilan suhbatlashish, ularning ruhiy holatini kuzatish sifatida ta'riflanadigan bo'lsa, bu metod ikki bir-birini to'ldiruvchi metoddan, yani ruhiy kuzatish metodi va so'rov (suhbat) metodidan tashkil topgan bo'lib, shaxs psixodiagnostikasining turi hisoblanadi. Bu usuldan jazoni ijro etish xizmati xodimlari faoliyatining ko'plab yo'nalishlarida, jumladan mahkumlar orasidagi yashirin jarayonlar, ularning niyati va maqsadini, ularning tarbiyaviy tadbirlarga etiborini o'rganish hamda salbiy yo'nalishdagi guruhlarni, shuningdek diniy aqidaparastlik, terroristik, boshqa uyushgan jinoiy faoliyatga aloqador bo'lgan mahkumlarni aniqlashda, ularni izlab topishda foydalanish mumkin. Profayling yoki profayl metodi shaxslarni psixologik baholash, kuzatish, ularning xulqidagi o'zgarishlarni tashqi ifoda va xatti-harakatlar asosida tahlil qilish kabi bir necha psixologik usullardan foydalangan holda oldindan bashorat qilish imkonini beradigan shaxs ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.45 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.45 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc