Professional jinoyatchilarning o'ziga xos xususiyatlari

Professional jinoyatchilarning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Professional jinoyatchilarning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Professional jinoyatchilarning o'ziga xos xususiyatlari Reja: Professional jinoyatchilar ruhiy olamining mohiyati va xususiyatlari Jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlari Professional jinoyatchilarning tarkibiy tuzilishi va toifasi. «Ishbilarmonlar» va «tsexoviklar». Professional jinoyatchilarning o'ziga xos xususiyatlari Professional jinoyatchilik odatda doimiy ravishda g'ayriqonuniy daromad olish bilan chambarchas bog'lanadi. Biroq, professional jinoyatchilikni faqat «daromad» tushunchasi bilan emas, balki yaxshi ishlangan, yo'nalish, izga tushgan usullar bilan amalga oshiriladigan barqaror, doimiy mashg'ulot sifatida tushuniladigan «professionalizm» degan psixologik tushuncha bilan ham bog'lash lozim. Masalan, o'g'rilik kasbga aylanganida u bilan har qanday kasb bilan bo'ladigan hodisa ro'y beradi: mehnat taqsimoti yuzaga keladi, kasb turmush tarziga aylanadi. Professional jinoyatchi o'z ishini yaxshi biladi va butun intilishlarini unga bo'ysundiradi, shuningdek jinoiy ixtisoslashuvi bilan ajralib turadi. Professional jinoyatchilar o'z hayotlarida bir necha marta aybli ijtimoiy xavfli qilmish sodir etib, muayyan bilim va tajriba to'plagan, faqat jinoyat sodir etish tufayli qo'lga kiritilgan moddiy nematlar evaziga yashashga o'rgangan kishilardir. Professional jinoyatchilar ruhiy olamining mohiyati va xususiyatlari ularning axloqiy yomonlik qonunlarida o'z ifodasini topgan. Jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlariga quyidagilar kiradi: 1. Har bir jinoyatchining, jinoyatchilar guruhi a'zolarining asosiy vazifasi, burchi «o'g'rilar g'oyasi»ga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Ushbu qonun har bir jinoyatchidan: a) jinoyat sodir etish hayotining bosh maqsadini tashkil etishini; b) to'plagan mablag'larini o'g'rilarning umumiy pul mablag'lari jamg'armasi (obshak)ga topshirishni, oshiqchasini esa har xil ko'ngilxushlikka, qimorbozlikka sarflashini; v) maxfiylik qoidalariga qatiy amal qilishni, har qanday ahvolda ham, yani qiynoqqa solinganda, narkotik moddalar ta'sirida, aqldan ozganda ham «o'g'rilar birodarligi» g'oyalariga sodiq qolib, ularni sotmaslikni, huquqni muhofaza qiluvchilarga hech qanday ma'lumotlarni oshkor qilmaslikni; g) jamiyat uchun foydali mehnat qilmaslikni, yani umumiy foy- dali mehnat faoliyati bilan shug'ullanish - «frayer uchun ishlash»ni eng iflos, hazar qilinadigan ish deb bilishni; d) oila qurmaslik, qarindoshlar bilan aloqada bo'lmaslikni talab qiladi. Bu axloqiy yomonlik talablarini buzganlar qattiq jazolanadilar. Jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlari jinoyatchining o'z onasi bilan normal insoniy munosabatda bo'lishgagina monelik qilmaydi. Biroq, jinoyatchining badaniga yozilgan «Ne zabudu mat rodnuyu» degan tatuirovkaning onaga bo'lgan mehr-muhabbatni ifodalashga hech qanday aloqasi yo'q. Bu tatuirovka ularning faqat jinoyatchilar guruhiga bo'lgan muhabbatini, sadoqatini ifodalab, jinoyatchilar dunyosini «rodnaya mat» - «jonajon ona» deb bilishlarini ifodalaydi, xolos. Jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlari jinoyatchilarning ishq-muhabbatlari, jinsiy hayoti borasida ularga faqat «shalavalar» - buzuq ayollar bilan ishqiy-intim munosabatda bo'lishlariga, yani bazida yer-xotin bo'lishlariga ruxsat beradi. Bunda professional jinoyatchining xotini boshqa jinoyatchilarni ham intim jihatdan ta'minlab yurishi kerakligi, ayniqsa, «qonuniy yeri» qamoqqa tushsa, uning boshqa jinoyatchilar ixtiyoriga o'tib ketishi, ayni vaqtda qamoqdagi eridan xabar olib turishi talab qilinadi. Bunday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.97 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.97 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga