Professional parlament faoliyatida siyosiy partiyalarning o'rni va roli Reja: Professional parlament faoliyatida siyosiy partiyalar Jamiyatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat o'rtasidagi o'zaro aloqalar Professional parlament faoliyatida siyosiy partiyalar 2002 yilning 5 aprelida bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VII sessiyasidagi ma'ruzasida Prezident I.A.Karimovning ikki palatali parlament barpo etish yuzasidan bildirgan fikrlari aniq va ravshan ko'rsatib turibdiki, siyosiy islohotlarda siyosiy partiyalarning jamiyat siyosiy hayotini takomillashtirish va demokratlashtirishdagi o'rni keskin yuksalishi kutilmoqda. Sessiyadagi Prezidentimizning quyidagi so'zlari fikrimizning dalilidir: Barchamizga ayonki, Qonunchilik palatasi, deb nom olgan quyi palata biz uchun mutlaqo yangi tartibda, ya'ni, professional asosda ish olib boradi. Albatta, shu yo'sinda ishlaydigan quyi palatani saylash tartibi ham tabiiy ravishda o'zgaradi. Shu munosabat bilan, bugun bir narsani aytishimiz mumkin: bu palataga a'zo bo'lish uchun asosiy da'vogarlar sifatida siyosiy partiyalar va saylovchilarning tashabbus guruhlari maydonga chiqadi. YA'ni, quyi palataga kasb-kori, professional nuqtai nazardan mana shu ishga etarlicha tayyorgarligi va intilishi bo'lgan shaxslarning o'z nomzodlarini qo'yib, deputat bo'lib saylanishiga harakat qilishlari muqarrar. Tajribadan shu narsa ma'lumki, ko'ppartiyaviylik tizimini shakllantirmay turib fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatga doir islohotlarni amalga oshirish qiyin kechadi. O'tgan asrning so'nggi o'n yilliklarida partiyalarning siyosiy tizimdagi va davlat faoliyatidagi o'rnining o'sib borishi - hozirgi zamon davlatchiligi rivojlanishining tamoyillaridan biriga aylandi. Davlatning turli ommaviy va jamoat tashkilotlari bilan o'zaro aloqalarini o'rganish shuni ko'rsatmoqdaki, mavjud siyosiy tizimda ishtirok etayotgan partiyalar jamiyat va davlat munosabatlari tizimida markaziy o'rinlardan birini egallaydi. Demokratik mamlakatlarda siyosiy partiyalar siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisi sifatida davlat organlarining shakllanishi va siyosiy qarorlarining qabul qilinishida tobora muhim omilga aylandi. Qolaversa, siyosiy partiyalar tiziming mavjudligi - demokratik tizimlar rivojlanishining zaruriy mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Siyosiy partiyalar bir vaqtning o'zida ham davlat sohasiga, ham fuqarolik jamiyatiga daxldor institut ekanligi hozirgi davrda o'z isbotini topgan. Siyosiy partiyalarning davlat hokimiyatini shakllantirish va boshqa siyosiy tizimdagi o'rnining o'sib borishi bilan ularning huquqiy maqomlari har bir mamlakat uchun ahamiyat kasb etadigan holda ro'yobga chiqdi. Siyosiy partiyalarga doir qonunchilik va qoidalar har bir mamlakat huquqiy manbalarida ularning milliy xususiyatlarini ham ifodalay boshladi. Ma'lumki, fuqarolik jamiyatining paydo bo'lish zaruriyati eng avvalo, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va ularning hayotda kafolatlanishini mukammal ravishda tashkil etish, siyosiy institutlar funksiyalari va ularning faoliyat ko'rsatish doirasi fuqarolar manfaatlari doirasida qabul qilingan qonunlar vositasida chegaralangan bo'lishi, shuningdek, mazkur siyosiy institutlarning yashashi va faoliyat ko'rsatishi xalq ommasi siyosiy irodalari ifodasi asosida kechishi bilan bog'liqdir. XX asrda demokratik xarakterga ega bo'lgan siyosiy partiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo'ldi: Partiyalarning asosiy funksiyalaridan yana biri, bu - saylov tizimidagi fuqarolarning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.85 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.85 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: docx