Professional parlament tizimining shakllanishi va rivojlanishida demokratik institutlarning o'rni va roli

Professional parlament tizimining shakllanishi va rivojlanishida demokratik institutlarning o'rni va roli

O'quvchilarga / Huquq
Professional parlament tizimining shakllanishi va rivojlanishida demokratik institutlarning o'rni va roli - rasmi

Material tavsifi

Professional parlament tizimining shakllanishi va rivojlanishida demokratik institutlarning o'rni va roli Reja: Ikki palatali parlamentga saylovlar: tajribalar va istiqbollar. Demokratik tamoyillarga asoslangan saylovlar tizimini shakllantirish Ikki palatali parlamentga saylovlar: tajribalar va istiqbollar. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat sharoitida saylovlar faqat demokratiyaning belgisi va ko'rinishi bo'lmasdan, shu bilan birga uning zaruriy sharti hamdir. BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasidan quyidagi demokratik tamoyil o'rin olgan: «Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o'z mamlakati boshqaruv ishida qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hukumatning hokimiyati asosi bo'lishi kerak: bu iroda yopiq ovoz berish yoki ovoz berishni erkinligini ta'minlovchi boshqa shunga teng ahamiyatli ko'rinishlardagi umumiy va teng saylov huquqi asosida ifodalanishi kerak». O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov erkin saylovlar, ularning demokratik jamiyat barpo etishdagi tutgan o'rniga alohida to'xtalib, «Modomiki, biz demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish kabi ezgu maqsad sari intilayotgan ekanmiz, demokratiyaning bosh talabi o'lmish erkin saylovlarni munosib tashkil qilish biz uchun ham qarz, ham farzdir», degan edi. Saylovlar «demokratiyaning bosh talabi» deb atalishi bejiz emas. CHunki amonaviy demokratik davlatlarda saylovlar xalq suverenitetini amalga oshirishning asosiy mexanizmi bo'lib, demokratiyaning «o'zagi»ni tashkil qiladi. Saylovlar xalqqa davlat hokimiyati manbai sifatidagi siyosiy rolini ijro etish imkonini beruvchi muhim siyosiy jarayon hisoblanadi. SHuningdek, saylovlar davlat hokimiyati institutlariga turli qatlamlar, guruhlarning manfaatlarini yetkazish vositasi ham sanaladi. «Saylovning ahamiyati shundaki, - deb yozadi taniqli huquqshunos olim O.Xusanov, - uning natijasida faqat vakillar, davlat boshlig'i saylanibgina qolmay, jaimiyat a'zolarining xohish-irodasi, kayfiyati, olib borilayotgan siyosatga nisbatan munosabati aniqlanadi. Konstitutsiyaviy tarzda o'rnatilgan va taraqqiyotning muhim faktorlari hisoblanmish fikrlar xilma-xilligi yaqqol namoyon bo'ladi. Demokratik, adolatli jamiyatni saylovlarsiz qurish mumkin emas». Demokratik tamoyillarga asoslangan saylovlar tizimini shakllantirish Demokratik tamoyillarga asoslangan saylovlar tizimini shakllantirish, uni takomillashtirish o'tish davrini o'z boshidan kechirayotgan, mustaqillikka erishgan yosh davlatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish uchun muhim va dolzarb vazifalardan biridir. Saylovlar tizimi huquqiy me'yorlarda mustahkamlab qo'yilgan, shuningdek, davlat va jamiyat tashkilotlari faoliyatlari tajribasida shakllangan vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik vakilini saylashni o'tkazish va tashkil etish tartibotidir. Fuqarolarning saylov huquqi ularni saylovlardagi ishtirokini, saylovchilar va saylanuvchi organlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, shuningdek, saylovchilar ishonchini oqlamagan saylangan vakillarni chaqirib oluvchi tartibotlarning huquqiy me'yorlari majmuasidir. Saylov huquqi tushunchasi torroq ma'noda, aniqrog'i, fuqarolarning saylovlarda ishtirok etish huquqi sifatida: yoki saylovchi sifatida (faol saylov huquqi), yoki saylanuvchi sifatida (passiv saylov huquqi) ham qo'llanilishi mumkin. SHuningdek, keng ma'noda talqin etilayotgan saylov huquqi tamoyillari va boshqa bir qancha omillar asosidagi saylovlarni muayyan tavsiflarini ko'rsatish va uni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.88 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.88 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga