Profilaktik chora tadbirlarning turlari va ularning tasnifi

Profilaktik chora tadbirlarning turlari va ularning tasnifi

O'quvchilarga / Huquq
Profilaktik chora tadbirlarning turlari va ularning tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Profilaktik chora tadbirlarning turlari va ularning tasnifi Reja: Profilaktik chora-tadbirlar quyidagicha kvalifikatsiya qilinishi maqsadga muvofiqdir: Huquqbuzarliklarning oldini olishda jamoat uyushmalarining asosiy vazifalari Huquqbuzarliklarning oldini olishda ommaviy axborot vositalarining tutgan o'rni Profilaktik chora tadbirlarning turlari va ularning tasnifi Jinoyatchilikning oldini olish davlat tomonidan olib boriladigan ijtimoiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo'lib, o'z mazmun va mohiyatiga ega. Shu bilan birga, bu faoliyat yo'nalishi davlat va jamiyatda o'ziga xos maxsus chora sifatida e'tirof etilgan. Jinoyatchilikka qarshi doimiy ravishda kurash olib borish alohida yondashuvni talab etadi. Chunki ijtimoiy hayotda yuzaga keluvchi har bir o'zgarish jinoyatchilik bilan uzviy bog'liqdir. Shundan kelib chiqqan holda jinoyatchilikning oldini olish faoliyatini ham ushbu jarayonlar bilan birdek bo'lishini ta'minlash lozim. Binobarin, jinoyatlarning oldini olishda zarur bo'lgan doimiy harakatdagi va o'zaro hamjihat tizim orqali ish yuritish maqsadga muvofiqdir. Bu, birinchidan, umumiy profilaktik chora-tadbirlar bo'lib, jamiyatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy, madaniy-tarbiyaviy, tashkiliy-boshqaruv va huquqiy yo'nalishlarda zarur ishlarni amalga oshirilishini o'z ichiga oladi. Ikkinchidan, yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlar, bunda shaxsni to'g'ri yo'lga solishning zarur ta'sir choralari amalga oshiriladi. Jinoyatchilikning oldini olishda qo'yilgan maqsadga erishish uchun davlat miqyosi- dagi va yakka tartibdagi chora-tadbirlarning o'zaro bog'liqligini ta'minlash juda muhimdir. Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda amalga oshiriladigan tash- kiliy-huquqiy tadbirlar ham o'z mohiyatiga ega. Jazoning muqarrarligi va jazo asosida mahkumlarni to'g'ri yo'lga solish hamda qayta tarbiyalash ham quyilgan maqsadga erishishda alohida o'rin tutadi. Jinoyatchilikka qarshi kurash, shu jumladan, ularning oldini olishda keng qo'llaniladigan «profilaktika» atamasi ilmiy va amaliy jihatdan o'z mazmun-mohiyatiga ega ekanligiga alohida e'tibor qaratilmog'i darkor. Zero, ushbu atamani o'z joyida va mohiyatiga ko'ra to'g'ri qo'llash jinoyatlarning oldini olish borasida olib boriladigan tadqiqot ishlari va ommaviy faoliyatlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kriminologiya faniga xos bo'lgan bir qator tushunchalarni ifodalashda «profilaktika» atamasi qo'llaniladi. Mohiyatiga ko'ra esa aniq bir chora- tadbirni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. Eng asosiysi, davlatning jinoiy-huquqiy yo'nalishdagi siyosatining mohiyatidan kelib chiqqan holda shaxsni jinoyat sodir etmasligini ta'minlash maqsadida jinoiy jazoni qo'llanishi mumkinligini qayd etilganligidadir. Shu bilan birga, profilaktika faoliyati jinoyat qonunchiligida me'yoriy jihatdan belgilangan va jinoyat deb e'tirof etilgan huquqbuzarliklarning oldini olishda amalga oshiriladigan huquqiy chora ekanligini ham anglatadi. Tor ma'noda esa jinoyatchilik profilaktikasi va u bilan bog'liq chora- tadbirlarning amalga oshirilishi, birinchidan, jinoyatlarning sabablarini hamda ularning sodir etilishiga ta'sir etuvchi shart-sharoitlar, muhitlarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat bo'lsa, ikkinchidan, jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash va ular bilan zarur ishlarni olib borishni tashkil qilish bilan uzviy bog'liq. Binobarin, jinoyatchilikning oldini olish yoki profilaktika qilish bilan bog'liq bo'lgan va biz yuqorida bayon etgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.9 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.9 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga