Profilaktika inspektori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish

Profilaktika inspektori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish

O'quvchilarga / Huquq
Profilaktika inspektori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish - rasmi

Material tavsifi

Profilaktika inspektori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish Reja: Profilaktika inspektori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish faoliyatini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari Tezkor-qidiruv xodimlari tomonidan fuqarolarning sodir etilgan jinoyat to'g'risida bergan shikoyat arizasini hisobga olmaslik haqida bazi mulohazalar Profilaktika inspektori tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish faoliyatini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari Yuksalib borayotgan mustaqil yurtimizda inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanib, ular davlat tomonidan qo'riqlanadi va kafolatlanadi. Shu bois jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va mansabdor shaxslariga murojaat etish huquqlari ham himoya qilinadi va ta'minlanadi. Jismoniy va yuridik shaxslar o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishda, buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash borasida, shuningdek, davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalari bilan davlat va vakillik organlariga murojaat etish huquqiga egadirlar. Profilaktika inspektori masul mansabdor shaxs sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqadi. Profilaktika inspektori fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish jarayonida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi, murojaatlarni to'liq, xolisona va o'z vaqtida ko'rib chiqishi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash bo'yicha o'z vakolatlari doirasida choralar ko'rishi shart. Profilaktika inspektorlari jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini asosan militsiya tayanch punktida qabul qiladilar. O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrda qabul qilgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonunida jismoniy yoki yuridik shaxs o'zining murojaatini qabul qilish va ko'rib chiqish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida: «Har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart», 44-moddasida: «Har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi», deb fuqarolarning bu boradagi huquqlari kafolatlab qo'yilgan. Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biror-bir murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas. Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak. Shu bilan birga, xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega. Profilaktika inspektori murojaatlarni og'zaki, yozma yoxud elektron shaklda hamda ariza, taklif yoki shikoyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.51 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.51 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga