Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari

Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Huquq
Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari Reja: Qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat Prokuror talablari bajarilishining majburiyligi Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari Prokuratura idoralari o'z faoliyatlarini quyidagi yo'nalishlar bo'yicha olib boradilar: vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish; O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish; tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish; sudlarda jinoyat ishlari ko'rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni hamda xo'jalik nizolarini ko'rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo'lgan sud hujjatlariga protest keltirish; soliq intizomini mustahkamlashga, soliq sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga etkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy ja'zolarni va jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog'ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish. Bulardan tashqari, prokuratura o'z funksiyalarini amalga oshirish jarayonida sodir etilgan jinoyatlarni jinoiy taqib qilish funksiyasi ham mavjud. Buning asosiy mazmuni prokurorning quyidagi vakolatlarida ifodalanadi: har qanday jinoyat yuzasidan ish qo'zg'atish; tegishli tergovchiga uni ish yurituviga qabul qilishni topshirish; tergovga tegishlilikdan qati nazar uni o'z ish yurituviga olish; tergovga tegishlilikdan qati nazar ishni tergov qilishni prokuratura tergovchisiga topshirish. bundan tashqari prokuratura tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish mustaqil funksiya hisoblanadi. Bunda u huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o'zaro hamjihatlikda hamda ularning vazifasi, maqsadlari, vakolatlari va ularni amalga oshirish usullariga muvofiq faoliyatini ta'minlash kiradi; yana bir mustaqil funksiyasi bu qonun ijodkorlik funksiyasidir. Bunda prokuror o'z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida qonunlardagi kamchiliklar yoki ularga o'zgartirish kiritish yoki yangisini qabul qilish masalasi yuzasidan qonunchilik tashabbusiga ega bo'lgan subyektlar yoki shunday huquqlarni amalga oshiradigan quyi hokimiyat va boshqaruv organiga shunday taklif va loyihalar taqdim etadi. Funksiyadan tashqari, prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari tushunchasi mavjud. Bular o'zaro bog'liq bo'lsada, bir-biridan aniq farqlanadi. Bunda prokuratura jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni hamda davlat-huquqiy tuzilmalarning vakolatlaridan foydalangan holda nazoratni amalga oshira olmaydi. Shuning uchun qonun davr talabidan kelib chiqib, qonuniylik va huquqbuzarlikni mamlakatda maksimal darajada ta'minlash yo'nalishini belgilaydi. Qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.94 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.94 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga