Prokuratura organlari funksiyalari Reja: Prokuratura organlari funksiyalari Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari Prokuratura organlari funksiyalari Prokuratura faoliyatining mazmunini, tarkibi va hajmini ifodalovchi va ochib beruvchi tushuncha, uning funksiyalari hisoblanadi. Qonun prokuratura tushunchasini berar ekan, avvalambor, uning asosiy vazifasi qonunlarini ijro etish ustidan nazorat hisoblanadi. Boshqa normada prokuraturaning qonunda belgilanmagan funksiyalarni bajarishiga yo'l qo'yilmaydi. Shunday qilib, prokuratura organlarining funksiyalari deganda, ular o'z vazifalarini amalga oshirish jarayonida qo'llaydigan usul va vositalar mazmuni tushuniladi. Prokuratura faoliyatining maksimal darajada belgilangan aniq sharoiti bo'lib funksiyalarning ichki o'zaro bog'liqligi va belgilanishi hisoblanadi. Prokuratura organlarini tashkil etishga sabab bo'lgan muhim funksiya - bu qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat hisoblanadi. Prokuratura o'z faoliyatini amalga oshirishda nazorat funksiyasidan va funksiya osti vazifasidan foydalanadi. Funksiya osti vazifalariga quyidagilar kiradi: Vazirliklar, qo'mitalar, idoralar, davlat boshqaruv va hokimiyat organlari, o'zini-o'zi boshqarish organlari, harbiy boshqaruv organlari, nazorat organlari, ularning mansabdor shaxslarining qonunlarni ijro etishi va qonun asosida qarorlar qabul qilinishini nazorat qiladi. Vazirliklar, qo'mitalar, idoralar, davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, o'zini-o'zi boshqarish organlari, harbiy boshqaruv organlari, nazorat organlari va ularning mansabdor shaxslari, tijorat va notijorat tashkilotlarining boshqaruv va boshlig'i tomonidan fuqarolarning huquq va majburiyatini ta'minlashlari ustidan nazorat. Tezkor-qidiruv, surishtiruv va tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat. Ja'zolarni va boshqa huquqiy ta'sir choralarini ijro etuvchi organlar va muassasalar, qamoqda saqlash va ushlab turish joylarining ma'muriyati tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish. Barcha sudlarning ish yurituv bosqichlari va instansiyalarida qatnashish huquqi. Bunda u sudlar ustidan nazoratni amalga oshirmaydi, balki sud tomonidan chiqarilgan qarorlarning qonunga muvofiqligini tekshirib, zarur hollarda protest kiritadi. Sudlarning qonuniy va asoslantirilgan qaror qabul qilishiga ko'maklashadi. Bu funksiyalar o'zaro bog'liq va o'zaro bir-birini to'ldirib turadi. Ularning majmui-prokurorlik nazoratini tashkil etadi. Prokuratura faoliyatining asosiy yo'nalishlari deb nomlangan ushbu funksiyalar O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunining 4-moddasida belgilab qo'yilgan. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagichadir: vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish; O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish; tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish; sudlarda jinoyat ishlari ko'rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni hamda xo'jalik nizolarini ko'rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo'lgan sud hujjatlariga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.56 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.56 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc