Prokuratura organlari kadrlari Reja: Prokuratura organlari xodimlari bir qator talablarga javob berishlari Kadrlar boshqarmasi quyidagi asosiy yo'nalishlarda faoliyat olib boradi Prokuratura organlarida ishlash uchun tanlab olinganlarning shaxsiga oid quyidagi hujjatlar to'planishi shart Prokuratura organlari kadrlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Hukumat qarorlarida mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokurorlik nazoratini ta'minlash borasida ham prokuratura organlari oldiga mas'uliyatli vazifalar qo'yilmoqda. Prokuratura organlari, shu jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning to'liq bajarilishini ta'minlash uchun avvalo kadrlarni to'g'ri tanlash, tayinlash, tarbiyalash, ularning kasb-mahorati va malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy etibor, xodimlarning o'z ishiga bo'lgan mas'uliyatini tubdan o'zgartirish, shaxsiy javobgarligini oshirish, o'z ishining ustasi bo'lib shakllanishiga erishishga qaratilmog'i lozim. Bu, o'z navbatida, har bir prokuratura organi xodimi chuqur bilimga, zarur amaliy tajribaga ega bo'lishi, o'ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan, halol-pok, qatiyatlik, tashabbus va namuna ko'rsatib ado etishini taqozo qiladi. Prokuratura organlarida barcha yo'nalishlar bo'yicha nazoratni samarali tashkil qilish kadrlarga bevosita bog'liqdir. Prokuratura organlari oldida turgan muhim vazifalarni hal qilishda yaxshi kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan holda siyosiy tayyorgarlikka ega bo'lgan xodimlar bir qator vazifalarni hal qilishda muhim rol o'ynaydilar. Prokuratura organlariga ishga qabul qilinayotgan yosh xodimlar tegishlicha O'zbekiston Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o'tishlari lozim. Yosh mutaxasislarning ishlarini puxta tashkil qilish prokuratura organlari istiqbolli faoliyatini ta'minlashga qaratiladi. Prokuratura organlarida xizmat qilayotgan xodimlar o'z kasbiy faoliyatlari davomida o'z xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganligi, tashabbuskorligi va ishdagi epchilligi uchun rag'batlantiriladilar. Rag'batlantirish O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining xodimlarini rag'batlantirish va ularning intizomiy javobgarligi to'g'risida»gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Rag'batlantirish: tashakkurnoma, pul mukofati, sovg'a, qimmatbaho sovg'a, belgilangan muddat tugamasdan navbatdagi darajali unvon berish, «O'zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi» ko'krak nishonini berish kabi turlari mavjud. Intizomiy ja'zolar esa: o'rtacha oylik ish haqining 40 % dan kam bo'lmagan miqdorda jarima solish, havfsan, mehnat shartnomasini bekor qilish. Ushbu intizomiy ja'zolar prokuratura-tergov xodimlariga, shuningdek, prokuror, prokuraturaga qarashli o'quv, ilmiy va boshqa muassasalarning xodimlariga nisbatan o'z xizmat vazifasini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud prokuratura xodimi degan nomga dog' tushiradigan nojo'ya xatti-harakat sodir etganligi uchun qo'llaniladi. Prokuratura organlari xodimlari bir qator talablarga javob berishlari kerak: O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi kerak; oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi kerak; yuksak axloqiy xususiyatlarga ega bo'lishi kerak; amaldagi qonunlarni qo'llay bila olishi kerak; tegishli kasbiy malakaga ega bo'lishi lozim. O'zbekiston Respublikasi «Prokuratura to'g'risida»gi 2001 yil 29 avgustdagi qonuni VI-bo'lim 43-moddasida prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan talablar aks ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.76 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.76 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc