Prokuratura organlari xodimlari Reja: I.A. Karimov asarlarida sud-huquq islohotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishini takomillashtirish masalalari. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qo'yiladigan talablar. Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari. Prokuratura organlari va muassasalaridagi xizmat. Prokuratura organlari xodimlarining daxlsizligi. Prokuratura organlarining moddiy va ijtimoiy ta'minoti, xodimlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoyalash choralari. I.A. Karimov asarlarida sud-huquq islohotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishini takomillashtirish masalalari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlisning 2 chaqiriq 6-sessiyasida «Adolat -Qonun ustuvorligida» deb nomlanuvchi ma'ruzasida prokuratura idoralari xususida «Prokuratura qonunni, uning talablarini qat'iy himoya qiluvchi idora hisoblanadi. U huquqiy islohatlarni o'tkazilishida, huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurish ishida hal etuvchi o'rin tutadi» deb bergan ta'riflari bu idoraning tutgan o'rnini, salohiyatini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti «Adolat-qonun ustuvorligida» deb nomlangan o'z ma'ruzasida «prokuratura xalqning ustidan nazorat qilmasligi, aksincha unga xizmat qilmog'i darkor. Prokuratura vakolatining doirasini, uning faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlarini aynan ana shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda belgilash zarur»,«Prokuratura idoralari fuqarolarning huquqlari kamsitilishi holatlariga yo'l qo'ymaslik maqsadida boshqaruv va kontrol organlarining huquqiy hujjatlar qonuniyligini nazorat qilib borishi zarur. Bu prokurorlarning asosiy vazifasi va burchidir» deb, alohida uqtirgan edi. Prokurorlar xalqni nazorat qilishlari emas, balki, ularning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonunlarning ijrosini nazorat qilishlari va o'z faoliyat yo'nalishlarini aynan shunga qaratishlari lozim. Avvalombor, dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, prokuratura organining dastlabki tashkil qilinishini o'zi aynan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun tuzulgan edi. Lotinchada prokuro - degan so'z, g'amho'rlik qilaman, ta'minlayman, himoya qilaman degan mazmunni bildiradi. Hozirgi, yurtboshimiz qo'yayotgan talablar ham aynan shundan iboratdir. Prokuratura idoralari, avvalombor, qonunlarlarni aniq va bir hilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirib, o'z faoliyat yo'nalishlarida asosiy mazmunni aynan fuqarolarning huquq va manfaatlarini, fuqarolarimizdan tashkil topgan davlatimiz manfaatlarini himoya qilishga qaratishlari lozimligi talab qilinmokda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil avgust oyida bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida Prezidentimiz I.A. Karimov o'z ma'ruzasida «Demokratik jamiyatda alohida fuqarolar emas, balki ularning qonuniy huquq va manfaatlari qanday himoya qilinayotgani prokurorlik nazoratining obyekti hisoblanadi, deb, 2002 yilning 29-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasida «Shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug'ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko'paytirsak, amaldorlarning zo'ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi.Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.33 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.33 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc