Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari

Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari

O'quvchilarga / Huquq
Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari - rasmi

Material tavsifi

Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari Reja: Prokuratura organlari va muassasalaridagi xizmat. Prokuratura organlari xodimlarining daxlsizligi. Prokuratura organlarining moddiy va ijtimoiy ta'minoti, xodimlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoyalash. Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari Prokuratura organlari xodimlariga, O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasining o'quv muassasalari va ilmiy tashkilotlarining xodimlariga ularning egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi. Prokuratura organlarining xodimlari uchun Haqiqiy Davlat adliya maslahatchisi (O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga beriladigan darajali unvon)dan tortib, 3-darajali yuristgacha darajali unvonlar belgilab qo'yilgan. Haqiqiy Davlat adliya maslahatchisi hamda 1, 2, 3 darajali davlat adliya maslahatchisi darajali unvonlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Boshqa darajali unvonlar O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan beriladi. Kichik yurist darajali unvoni attestatsiyadan o'tgan va lavozimiga tasdiqlangan yosh mutaxassislarga beriladi; ish o'rganish mobaynida o'zini alohida yaxshi tomonlardan ko'rsatgan yosh mutaxassislar 3-darajali yurist unvonini olish uchun taqdim qilinishi mumkin. Prokuratura organlarining attestatsiyadan o'tkazilmaydigan moddiy-texnika ta'minoti, moliya, ishlar boshqarmasi xodimlari va boshqalar mehnatda o'zini alohida yaxshi tomonidan ko'rsatganliklari uchun darajali unvon olish uchun taqdim qilinishlari mumkin. Prokuratura organlariga boshqa huquqni muhofaza qilish organlaridan va boshqa tashkilotlardan ishga kelganlarga ularning tayinlangan lavozimlarini, bilimlari va ish tajribalarini hisobga olgan holda darajali unvonlar beriladi. Darajali unvonlar berilgan prokuratura xodimlari shu unvonlarida umrbod qoladilar. Darajali unvondan mahrum qilish prokuratura organlaridan nomiga dog' tushuruvchi nojo'ya xatti-harakatlar sodir etgan xodimlarga nisbatan qo'llanishi mumkin. Prokuratura organlari xodimi tomonidan o'z xizmat burchini qo'pol ravishda buzganligi yohud o'zini noloyiq darajada tutganligi uchun darajali unvoni pasaytirilishi mumkin. Prokuratura organlari va muassasalaridan xizmatdan bo'shatilayotgan xodim darajali unvonidan yoki harbiy unvonidan mahrum qilinishi mumkin. Prokuratura organlari xodimi tomonidan o'z xizmat burchini qo'pol ravishda buzganligi yohud o'zini noloyiq darajada tutganligi uchun darajali unvoni pasaytirilishi mumkin. Prokuratura organlari va muassasalari xodimlarini oliy darajali unvonidan yoki oliy darajali harbiy unvonidan mahrum qilish, shuningdek oliy darajali unvoni va oliy darajali harbiy unvonidan pastga tushirish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa darajali unvonlar yoki harbiy unvonlardan mahrum qilish va pastga tushirish muvofiq ravishda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vaziri tomonidan amalga oshiriladi. Prokuratura organlari va muassasalarining darajali unvonlarga ega bo'lgan xodimlari o'z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtlarida o'rnatilgan tartibdagi farqlantiruvchi belgili forma kiyim boshini kiyib yuradilar. Nafaqaga chiqqan oliy darajadagi unvon yoki oliy darajadagi harbiy unvonga, shuningdek adliya katta maslahatchisi yoki yustitsiya polkovnigi darajali unvoniga ega bo'lgan prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga o'rnatilgan tartibdagi farqlantiruvchi belgili forma kiyim boshini kiyib yurish huquqi qoldiriladi. Prokuratura organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o'qotar qurol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.48 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.48 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga