Prokuratura organlarida ishni tashkil etish tushunchasi va tizimi Reja: Prokuratura organlarida ishlarni tashkil etish tushunchasi, maqsadi va vazifasi. Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish prinsiplari. Prokuratura organlarida ishlarni tashkil etish tushunchasi, maqsadi va vazifasi. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida ishni tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, qonun osti hujjatlarida belgilangan vazifa va vakolatlaridan kelib chiqqan holda quyi turuvchi prokurorlarning yuqori turuvchi prokurorlarga va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo'ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko'rsatishi bilan belgilanadi. Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga ko'rsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini o'zgartirish yoki bekor qilishga haqlidir. Shuningdek, o'z bo'ysunuvidagi barcha prokurorlarning ishlari to'g'ri tashkil etilishi uchun to'liq javobgardir. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining «Prokuratura organlarida ishlarni tashkillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash va tahliliy faoliyat samaradorligini oshirish to'g'risida» 2004 yil 9 dekabr kungi 33-son BUYRUG'Ida: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tarkibiy tarmoqlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, O'zbekiston Respublikasi Harbiy va Transport prokuraturalari, tuman (shahar) prokuraturalari hamda ularga tenglashtirilgan prokuraturalar hududda qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokuror nazoratini to'g'ri tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash choralari ko'rilishi zarurligi; Prokuratura organlarida ishlarni tashkil etish, quyi organlar ustidan rahbarlik qilish, faoliyatni takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash, qog'ozbozlikka barham berish, hisobotlarni yuritish borasida tashkiliy-nazorat va tahlilot tarmoqlarining ishtiroki va mas'uliyati oshirilishi lozimligi; tashkiliy-nazorat va tahlilot tarmoqlari tomonidan mahkamaning boshqa tarkibiy tarmoqlari orasidagi hamkorlikni o'rnatish, faoliyatda bir-birini takrorlash, muayyan masala yuzasidan turli tarmoqlar tomonidan quyi prokuraturalarga topshiriqlar yuborish, hisobot ma'lumotlarida yaqqol ko'rinib turgan ko'rsatkichlarni zaruratsiz sharhlashni talab qilish hollarini oldini olishning barcha choralari ko'rilishi kerakligi; Tuman prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning xodimlari o'rtasida vazifalarni taqsimlashda ularning kasb malakasi hamda ish tajribasi inobatga olinishi zarurligi; Prokuratura organlarida ish rejalari qonuniylik va jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqqan holda har 6 oyga tuzilishi kerakligi hamda rejaviy tadbirlarning belgilangan muddatlarda to'liq bajarilishi ta'minlanishi shartligi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Hukumati hamda prokuratura rahbariyati tomonidan yuborilgan topshiriq, ko'rsatma va so'rovnomalarning ijrosi ustidan nazorat o'rnatilib, ijro intizomiga qatiy rioya qilinishi; Mahkama xodimlarining rejadan tashqari joylarga chiqishlari (favqulodda hodisalar, shikoyatlarni tekshirish, jinoyatlarni tergov qilish va boshqa masalalar) prokuratura rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshirilishi shartligi; Qonuniylik va jinoyatchilik ahvoli to'g'risidagi ma'lumotlar, (tergov ishlari va prokuror nazorati to'g'risidagi statistik hisobotlar muntazam ravishda tahlil qilib borilgan hamda ular asosida prokuratura organlari oldidagi muhim va dolzarb vazifalar belgilanishi zarurligi qayd etilgan. Ushbu yo'riqnomada umumiy qoidalar, xizmat hujjatlarini tuzish va rasmiylashtirish qoidalari, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.07 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.07 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc