Prokuratura organlarida ishni tashkil etish. Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini muvofiqlashtirish

Prokuratura organlarida ishni tashkil etish. Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini muvofiqlashtirish

O'quvchilarga / Huquq
Prokuratura organlarida ishni tashkil etish. Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini muvofiqlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Prokuratura organlarida ishni tashkil etish. Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini muvofiqlashtirish Reja: Prokuratura organlarida ishni tashkil etish. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va tarbiyalash. Prokuraturada ishlarni rejalashtirish. Ijro ustidan nazorat va rahbarlik tushunchasi Hisobdorlik, hisob va hisobot. Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini muvofiqlashtirish tushunchasi va muvofiqlashtirish ishtirokchilari. Muvofiqlashtirishning mazmuni va ahamiyati, prinsiplari. va asosiy yo'nalishlari, shakllari. Prokuratura organlarida ishni tashkil etish Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo'nalishlaridan biri, bu-qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida ishni tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, qonun osti hujjatlarida belgilangan vazifa va vakolatlaridan kelib chiqqan holda quyi turuvchi prokurorlarning yuqori turuvchi prokurorlarga va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo'ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko'rsatishi bilan belgilanadi. Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga ko'rsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini o'zgartirish yoki bekor qilishga haqlidir. Shuningdek, o'z bo'ysunuvidagi barcha prokurorlarning ishlari to'g'ri tashkil etilishi uchun to'liq javobgardir. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarida ishni tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining maxsus ayni masala yuzasidan qabul qilgan buyrug'ida batafsil bayon qilingan. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining «Prokuratura organlarida ishlarni tashkillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash va tahliliy faoliyat samaradorligini oshirish to'g'risida» 2004 yil 9 dekabr qabul qilingan kungi 33-son BUYRUG'Ida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tarkibiy tarmoqlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, O'zbekiston Respublikasi Harbiy va Transport prokuraturalari, tuman (shahar) prokuraturalari hamda ularga tenglashtirilgan prokuraturalar hududda qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokuror nazoratini to'g'ri tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash choralari ko'rilishi zarurligi, prokuratura organlarida ishlarni tashkil etish, quyi organlar ustidan rahbarlik qilish, faoliyatni takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash, qog'ozbozlikka barham berish, hisobotlarni yuritish borasida tashkiliy-nazorat va tahlilot tarmoqlarining ishtiroki va mas'uliyati oshirilishi lozimligi, tashkiliy-nazorat va tahlilot tarmoqlari tomonidan mahkamaning boshqa tarkibiy tarmoqlari orasidagi hamkorlikni o'rnatish, faoliyatda bir-birini takrorlash, muayyan masala yuzasidan turli tarmoqlar tomonidan quyi prokuraturalarga topshiriqlar yuborish, hisobot ma'lumotlarida yaqqol ko'rinib turgan ko'rsatkichlarni zaruratsiz sharhlashni talab qilish hollarini oldini olishning barcha choralari ko'rilishi kerakligi hamda shu kabi bir qator masalalarga alohida urg'u berib o'tilgan. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va tarbiyalash Prokuratura organlariga ishga qabul qilinayotgan yosh xodimlar tegishlicha O'zbekiston Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o'tishlari lozim. Yosh mutaxasislarning ishlarini puxta tashkil qilish prokuratura organlari istiqbolli faoliyatini ta'minlashga qaratiladi. Prokuratura organlarida xizmat qilayotgan xodimlar o'z kasbiy faoliyatlari davomida o'z xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganligi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.6 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.6 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga