Prokuratura organlarini fuqarolarni huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi vazifalari

Prokuratura organlarini fuqarolarni huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Prokuratura organlarini fuqarolarni huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi vazifalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI ADLIYa VAZIRLIGI Toshkent DAVLAT YuRIDIK INSTITUTI Prokuratura organlarini fuqarolarni huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi vazifalari PROKURATURA ORGANLARINI FUQAROLARNI HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYa QILISh VAZIFALARI O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, ja­miyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profiklaktika qi­lishdan iborat («Prokuratura to'g'risida»gi Qonunning 2-moddasi). Prokuror nazorati, bu - O'zbekiston Respublikasi nomidan, uning hududida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarining aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura organlari­ning davlat organi sifatidagi maxsus faoliyatidir. Prokuror nazoratining mustaqilligi har qanday davlat tashkiloti, siyosiy tashkilot yoki jamoat tashkilotlaridan holi tarzda, faqatgina qonun bilan belgilangan vakolatlari doira­sida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari va qonun osti hujjatlari talablariga nazorat obyektlari tomonidan rioya qilinishi, qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratning amalga oshirilishida ham ifodalanadi. Prokuror nazorati - davlat nomidan, yani, hujjatlarida davlat nomidan deb qayd etilmasada, O'zbekiston Respublikasi davlati nomidan amalga oshiriladi. Prokuror O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni malum bir idora nomidan yoki shu idora manfaati yo'lida emas, balki, davlat nomidan, davlat va jamiyatimiz manfaati yo'lida amalga oshiradi. Shuning uchun, prokuratura organlari hamda prokuror tomonidan bajariladigan faoliyatga davlat tomonidan amalga oshirilgan faoliyatdek munosobatda bo'linadi. Prokuror nazoratining o'ziga xos xususiyatlari bo'lib: 1. mavjud bo'lgan barcha qonunlarni va qonun osti huj­jatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularning faoliyat doirasidan qati nazar aniq va to'g'ri qo'llanilishini ta'minlash; 2. prokuror nazorati - davlat faoliyatining bir yo'na­lishi; 3. prokuror nazorati - oliy qonun chiqaruvchi va oliy ij­ro hokimiyati organlariga, O'zbekiston Respublikasi oliy man­sabdor shaxslariga, umumiy yurisdiksiya sudlariga, xo'jalik sud­lariga va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga nis­batan tatbiq etilmasligi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida prokuratura davlat hokimiyatining tashkil etilishi bo'limiga kiritilganligi uning mustaqil strukturaga ega ekanligini bildiradi. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlanishi, boshqa mustaqil huquqiy institutlarning mavjudligini aslo inkor etmaydi. Bunday huquqiy institutlardan asosiysi bu prokuraturadir. U kim tomondan qonun buzilishidan qatiy nazar ularni bartaraf qiladi va tegishli jazoni qo'llaydi. Prokuraturaning ijro etuvchi yoki sud hokimiyatiga bo'ysunishi davlat tizimini tubdan o'zgartirib, qonunlarning buzilish xavfini kuchaytirib yuborar edi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish kerakki, prokuratura davlat organlari strukturasida muhim o'rin egallaydi. Davlat boshqaruvining oliy organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa idoralar fuqarolarning huquq va erkinliklarini, xalq hokimiyatini, huquqtartibotni ta'minlashga vakolatli bo'lsalarda, Konstitutsiyaga rioya etilishi, qonunlarning ustuvorligini, bir xilda bajarilishini, qonuniylikning mustahkamlanishini ta'minlash uchun ularning ijrosi ustidan nazorat davlat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 210.15 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 210.15 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga