Prokuratura organlarining nazorat va boshqa funksiyalarini amalga oshirish Reja: Qonunlar ijrosi ustidan nazorat bo'yicha ishlarni tashkil etish. Prokuror vakolatlari Qonunlar ijrosi ustidan nazorat bo'yicha ishlarni tashkil etish. Prokuratura organlarining turli darajalarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyatini tashkillashtirish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Qonun ustuvorligini ta'minlashda prokuratura idoralarining umumiy nazorat faoliyatini tashkil etish, uning sifatini va samaradorligini oshirish haqidagi 1997 yil 28 may kungi 4-sonli buyrug'i bilan hamda O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi hayatining 1993-yil 9 iyundagi 15-sonli qarori bilan maqullangan Umumiy nazorat boshqarmasi to'g'risidagi Nizom bilan tartibga solingan edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.03.2004 yildagi qishloq xo'jaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 3406-sonli Farmoni bilan prokuratura organlarining yangi tuzilmasi tasdiqlanganligi hamda ayrim tarkibiy tarmoqlar faoliyati va nomlanishidagi o'zgarishlar munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 12 mart 2004 yil kungi № 1 sonli O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarining ayrim tarkibiy tuzilmalarini tugatish va qayta tashkil etish to'g'risidagi buyrug'i qabul qilingan bo'lib, ushbu buyruqqa asosan: Umumiy nazorat boshqarmasi tugatilib va Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi tashkil qilinib, uning tarkibida qishloq xo'jaligi sohasida qonuniylikni ta'minlash va xo'jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini himoya qilish bo'limi tuzildi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining «Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi to'g'risida»gi Nizomni tasdiqlash haqida 2004 yil 12 aprel 3 - sonli buyrug'i chiqarilgan. O'zbekiston Respublikasi prokuraturasida Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasitashkil etilib, Respublika hududida qonunchilikni aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi. Unga boshqarma boshlig'i rahbarlik qiladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonuni, Prezident Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi hayati qarorlari va Bosh prokurorning buyruq, farmoyishlari hamda qayd etilgan Nizomga asoslangan holda amalga oshiradi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasitarkibida berkitilgan mavzu bo'yicha prokuror nazoratini tashkil etuvchi boshqarma boshlig'ining muovinlari, boshqarma katta prokurorlari xizmat qiladilar. Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi o'z faoliyatini Respublika prokuraturasi boshqarma va bo'limlari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarmoq va davlat kontrol idoralari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi faoliyati mavzu-mintaqaviy tarzda O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi va boshqarmaning joriy va istiqbolga mo'ljallangan rejalari asosida tashkil etiladi. Quyi prokurorlarga tashkiliy-uslubiy yordam ko'rsatish borasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: umumiy nazoratni ma'lumotlar bilan hamda uslubiy tavsiyalar bilan ta'minlash; joylarda uslubiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc