Prokuratura organlarining umumiy nazorat faoliyatini tashkil etish Reja: Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish Prokuror vakolatlari Prokuratura organlarining umumiy nazorat faoliyatini tashkil etish to'g'risida gapirib, shuni takidlash joizki, prokurorlik nazoratining predmeti va doirasini aniq-ravshan belgilab olish muhim prinsiplardan biridir. Umumiy nazorat faoliyatining 2-muhim sharti bu butun prokurorlik tizimi ierarxiyalarini aniq-ravshan belgilash. Bu turli bo'g'indagi prokurorlar ishida parallelizmning oldini oladi, shu bilan birga qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlarini ko'zdan qochirmaslikka imkon beradi. Yani, umumRespublika vazirliklari, qo'mita va idoralari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni Respublika Bosh prokuroraturasi; Viloyatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri ijroiya hokimiyati va boshqaruvi, jamoat tashkilotlarining qonunlarni ijrosi ustidan nazoratni-tegishlicha viloyatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahar prokuraturalari; Shahar va tuman vakillik organlari, ijro hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik shaxslar, jamoat tashkilotlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni tuman, shahar va ularga tenglashtirilgan ixtisoslashtirilgan prokuraturalar amalga oshiradi. Harbiy boshqaruv organlari, harbiy qismlar va muassasalar tomonidan qonunlar ijrosi ustidan nazoratni harbiy prokuratura amalga oshiradi va shu kabilar. Umumiy nazorat faoliyatini amalga oshirishda kamdan-kam holatlarda yuqori turuvchi prokuror quyi prokurorning vakolatlarini o'ziga oladi. Ammo uning bunday vakolati qonunda mustahkamlangan. Umumiy nazorat faoliyatining muvaffaqiyati ko'p jihatdan prokurorning axborot bilan ta'minlanganligi, qonuniylik holati, va aniq nazoratga kiruvchi obyektlardagi huquqbuzarliklarning mavjud bo'lishligidandir. Umumiy nazoratning samarasi, shuningdek ushbu faoliyatni ham markazda, ham joylarda aniq rejalashtirishga bog'liq Umumiy nazoratning qamrab bo'lmasligiga qaramasdan, prokurorlar o'tkir yo'nalishda ish olib borishlari kerak. Umumiy nazorat prokuror faoliyatining bir yo'nalishi sifatida o'ziga xos xususiyati bor. Yani, umumiy nazoratda muvaffaqiyat ko'p jihatdan prokurorning shaxsiy tashabbusiga bog'liq Shuningdek, tekshiruv o'tkazish obyektini aniqlash muhimdir. Bunda anchadan beri borilmagan joy emas, balki qonun buzilayotgan davlat va mehnat intizomi noxush holatda bo'lgan obyektlar tanlanishi kerak. Tekshiruvlar o'tkazishda ishni shunday tashkil qilish kerakki, bunda nafaqat qonun buzilishlari, balki ularga sharoit yaratgan sabablarni ham aniqlash lozim. Bunda prokurorga jalb qilingan mutaxassislar yordam beradi. Umumiy nazorat sohasidagi yangi qonunchilik bilan, ayniqsa, tuman va shahar bo'g'ini prokurorlarini o'z vaqtida hamda to'liq tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Bu asosan yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan o'tkaziladigan seminar mashg'ulotlarida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda yangi qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarining nisbati murakkab me'yorlariga tushuntirish (sharh) beriladi. Bu ish faolroq o'tkazilishi kerak Negaki, hozirgi vaqtda amal qiluvchi qonunchilik, jumladan xo'jalik, tijorat, tadbirkorlik huquqi sohalaridagi qonun va qonun osti hujjatlariga faol o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda. Jadal islohotlar davrida prokuratura idoralarining umumiy nazorat faoliyatini zamon talablariga javob bera oladigan darajaga ko'tarish lozim. Prokurorlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.95 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.95 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc