Prokuratura: vazifalari, tuzilishi va faoliyatining asosiy yo'nalishlari Reja: 1. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari, tzimi va tuzilishi. 2. Prokuror nazorat sohalari. 3. Huquqni muhofaza qilish organlar tizimida prokuraturaning muvofiqlashtiruvchi o'rni. 1.Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari, tzimi va tuzilishi. Prokuratura idoralarining faoliyati qonunning ustuvorligini har tomonlama qaror toptirishga huquq tartibotni mustahkamlashga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek, davlat mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzumining siyosiy va ijtimoiy tizimlarini, milliy guruhlar va huquqiy tizimlarning huquqlarini g'ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgandir. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar o'z faoliyatini quyidagi yo'nalishlarida amalga oshiradilar: -inson va fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib borish; -barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilish; -jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi idoralarning qonunlarni ijro etishlarini nazorat qilish va ularning qonunlarni qo'ddashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish; -sudlarda jinoiy ishlar ko'rib chiqilishida davlat ayblovni qo'llab-quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni hamda xo'jalik nizolarini qarab chiqishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo'lgan sud hujjatlariga protest keltirish; -soliq intizomini mustahkamlashga, soliq valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat; -ushlunganlarni saqlash, dastlabki qamoq, sud tayinlangan jazo va majburiy xarakterdagi boshqa choralarni o'tash joylarida qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish; -Qurolli Kuchlarda qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish; -Jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish; -Qonunchilikni takomillashtirish va qonunlarni targ'ib qilishda hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ishtirok etish. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari quyi pog'onadagi prokurorlar yuqori pog'onadagi prokurorlarga bo'ysunish tartibida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchiligidagi yagona markazlashgan tizimni tashkil etadilar. Ular nazoratni va o'z vakolatlarini davlat hokimiyati hamda boshqaruv mahalliy idoralaridan, mansabdor shaxslardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda O'zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonunlarga, xalqaro va davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) qat'iy rioya etib, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo'ysungan holda amalga oshiradilar. Bosh prokuror va uning o'rinbosarlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, Oliy Majlis Senati tasdig'idan o'tganidan keyin lavozimlariga tayinlanadilar va ozod qilinadilar. Qoraqalpog'iston Respublikasining Prokurori O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi. Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati - besh yil. 2.Prokuratura organlari qonuniylik hamda jinoyatchilikning ahvoli, asosiy yo'nalishlari to'g'sirida, boshqaruv idoralari tomonidan qonunlarga rioya etilishini ta'minlash, davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.22 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.22 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc