Prokuraturada ishlarni rejalashtirish Reja: Ijro ustidan nazorat va rahbarlik Ijro ustidan nazorat va rahbarlik hujjatlari Prokuraturada ishlarni rejalashtirish Prokuratura organlari oldida turgan qonunlarning aniq va bir hilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishlarni zamonaviy va sifatli rejalashtirish asosiy ahamiyatga ega. Rejalashtirish - qonunchilikning bugungi holatini va kelgusini hisobga olgan holda chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Rejalashtirish prokuratura faoliyatini aniq va ravshan holda aniq bir maqsadga muvofiq bo'lishi uchun qo'llaniladi. Rejalashtirish ishning aniq ko'rinishlarini belgilashda, kuchlarning to'g'ri taqsimlanishi hamda, imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishda va qonuniylikni va jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini mustahkamlashga yordam beradi. Nazorat qiluvchi organlar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va hoka'zolardan talab qilib olingan axborot materiallari rejalashtirish uchun baza bo'lib xizmat qiladi. Rejalashtirish ishlari aniq bir tuman, viloyat va Respublika miqyosida ularning shart-sharoitlariga qarab amalga oshiriladi. Aytib o'tganimizdek, rejalashtirish aniq bir hududda tuziladi, biroq tumanda tuzilgan rejalashtirishdan viloyat prokuraturasida tuzilgan rejalashtirish farq qiladi, masalan, agar tuman prokuraturasining rejasida qonunning ijrosini tekshirish vazifasi qo'yilsa, viloyat prokuraturasining rejasida esa, ijroni tashkil etish yo'llari ifoda etiladi. Prokuratura organlarida ishlarni tashkil qilish rejali tartibda amalga oshiriladi. Ishni rejali tartibda amalga oshirish yuqori turuvchi prokuratura tomonidan quyi turuvchi prokuratura organlari faoliyatini nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega, buning uchun esa Respublika Bosh prokurori tomonidan tasdiqlangan reja asos bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, rejalashtirish yuqoridan pastga qarab boradi, yani viloyat prokuraturasida tuzilgan rejalashtirish tuman prokuraturasi uchun majburiy xarakter kasb etadi. Hozirgi vaqtda tuman prokuraturalarida rejalashtirishning aksariyat qismi viloyat va Respublika prokuraturasida tuzilgan rejalarning kelib tushganidan keyin amalga oshiriladi. Yuqori organlarning rejalarida, ko'pincha, aniq bir tuman (shahar) prokuraturasi amalga oshirishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar bayon etilgan bo'ladi. Rejalashtirishda bir qator masalalar, yo'llar belgilab olinadi, chunonchi: Birinchi navbatda hal qilinadigan muammolar hamda malum bir vaqt davomida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinadi; Mazkur muammolarni hal qilish uchun kerakli bo'ladigan dastur ishlab chiqiladi va ana shu dastur asosida nazorat olib boriladi; Belgilangan reja asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati muvofiqlashtirib turiladi; Amalga oshiriladigan ishlarning va belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan javobgarlikni belgilaydi; Prokuratura organlarida ishlar tashkiliy rejali asosda tashkil qilinadi; Rejani tuzishda ichki mehnat taqsimotiga rioya qilinadi. Ko'rinib turibdiki, rejalashtirishda hal etilishi zarur bo'lgan prokuror nazoratiga daxldor masalalargina emas, balki belgilangan maqsadlarni bajarish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini aniqlash, prokuraturaning boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari bilan hamjihatlik qilish shakllarini, ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni belgilangan muddatda bajarish uchun shaxsan masul shaxslarni belgilash ham ko'zda tutiladi. Prokuratura organlarida rejalashtirish uch xilda bo'ladi: Joriy rejalashtirish - bunda har 6 oyda yoki yarim yil davomida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinadi. Istiqbolli rejalashtirish- bu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.9 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.9 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc