Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari. Prokuratura faoliyatining asosiy yo'nalishlari

Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari. Prokuratura faoliyatining asosiy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Huquq
Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari. Prokuratura faoliyatining asosiy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari. Prokuratura faoliyatining asosiy yo'nalishlari Reja: Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari tushunchasi. Birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari. Prokuror talablari bajarilishining majburiyligi. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish. Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari tushunchasi Prinsip - lotincha so'zdan olingan bo'lib, principium ya'ni,- «qoida», «asos», «asosiy, rahbariy qoidalar, yo'l-yo'riqlar» degan ma'noni bildiradi. Prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyatini tizimlashtirish elementi bo'lib, ularning maqomi hisoblanadi. Prinsiplar sifatida prokuratura mohiyati va maqsadini belgilovchi boshlang'ich asos nazarda tutiladi. Bu asosiy tamoyillar O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Prokuratura to'g'risida» gi Qonunlarda aks ettirilgan (Konstitutsiya-118, 121-moddalar, «Prokuratura to'g'risida» gi Qonuni 5-moddasi). Prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyatining asosiy prinsiplari: Birlik: Markazlashganlik, Qonuniylik: Mustaqillik, Oshkoralik Bulardan tashqari prokuratura organlarining ichki tashkiliy prinsiplari mavjud bo'lib, ular quyidagilar: Hududiylik Predmetlilik Prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyati prinsiplari -bu Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy talablar bo'lib, ular prokuraturaning va xodimlarining siyosiy va ijtimoiy vazifasini, vakolatlarini hamda davlatda qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish usul va vositalarini, ularning hajmi va xarakterini hamda prokuratura organlarining boshqa davlat organlari, xususan huquqni muhofaza qiluvchi organlardan farq qiluvchi belgi va xususiyatlarini aniqlaydi. Shu prinsiplarga amal qilish prokuratura organlariga o'zining vazifasini aniq bajarishga imkon beradi. Prinsiplarni prokurorlik funksiyalari va yo'nalishlarini amalga oshirishning tartibi va holati bilan almashtirmaslik kerak, chunki tamoyillar o'zaro bog'liq va ajralmas hisoblanadi. Bundan tashqari prokuror muayyan huquq sohasida nazoratni amalga oshirar ekan, shu sohadagi prinsiplarga amal qilishi lozim. Bunga misol: sudlarda davlat ayblovini qo'llab-quvvatlaganda adolatlilik, sudyalarning mustaqilligi, tenglik, sudlanuvchining himoyaga bo'lgan huquqi, aybsizlik prezumsiyasi, oshkoralik, erkin fikr, protsessning bevositaligi kabi prinsiplarga amal qilinishi lozim. Birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari Prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: Birlik, Markazlashganlik Qonuniylik Mustaqillik Oshkoralik («O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi to'g'risida» gi Qonuni 5-moddasi). Bundan tashqari Chuvilev va Baskovlar quyidagi asosiy prinsiplarni qo'shadilar: siyosiy mustaqillik (Chuvilyov, «Prokurorskiy nadzor RF» 58-59 b.); qonunlarning buzilishini aniqlash va o'z vaqtida bartaraf etish; prokuratura organlarining jamoat birlashmalari va mehnat jamoalari bilan o'zaro faoliyat olib borishi; (Baskov «Prokurorskiy nadzor» 78-83 b.). Birlik prinsipi - prokuratura tizimiga kiruvchi barcha organlar faoliyatini yagonga shakl, maqsad va umumiy vazifalardan kelib chiqqan holda aks ettirilishi hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan bir xilda prokuror ta'sir choralarini, prokuror nazorati hujjatlarini qo'llashda ifodalanishi bilan ajralib turadi. Markazlashganlik prinsipi birinchi o'rinda prokuratura organlari tizimi faoliyatini tashkil etish, prokuratura organlarining nazorat funksiyasini amalga oshirishda o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. Markazlashganlik - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.05 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.05 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga