Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari

Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari

O'quvchilarga / Huquq
Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari Reja: Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari tushunchasi. Birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari. Prokuraturaning tashkiliy va faoliyat prinsiplari tushunchasi prinsip - lotincha so'zdan olingan bo'lib, principium yani,- «qoida», «asos», «asosiy, rahbariy qoidalar, yo'l-yo'riqlar» degan manoni bildiradi. prinsiplar malum bir nazariyaning, fanning, dunyoqarashning, siyosiy tashkilotning dastlabki ibtidosini o'zida aks ettiradi. Prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyatini tizimlashtirish elementi bo'lib, ularning maqomi hisoblanadi. Bu maqomning asosi- prinsiplar. prinsiplar sifatida prokuratura mohiyati va maqsadini belgilovchi boshlang'ich asos nazarda tutiladi. Bu asosiy tamoyillar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunlarda aks ettirilgan (Konstitutsiya-118, 121-moddalar, «Prokuratura to'g'risida»gi Qonuni 5-moddasi). Prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyatining asosiy prinsiplari: Birlik: Markazlashganlik, Qonuniylik: Mustaqillik, Oshkoralik Bulardan tashqari prokuratura organlarining ichki tashkiliy prinsiplari mavjud bo'lib, ular quyidagilar: Hududiylik Predmetlilik Bundan tashqari «Prokuror nazorati» fani prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyatining asosiy prinsiplari tushunchasi, turlari va ularning ta'rifini tekshirib o'tadi. Bu borada olimlar o'rtasida turli xil qarashlar mavjud bo'lib, ular prokuratura organlarining tarixiy rivojlanish bosqichlari, ular faoliyatining samaradorligini ta'minlash maqsadida hamda ular faoliyatining u yoki bu sohadagi qonunlarini aniq va bir xilda ijro etilishi yuzasidan kelib chiqqan. Bu yuzasidan Chuvelev, Suhareva, Baskovlar fikr berib o'tgan. Bizning fikrimizcha ularning fikrlari majmuasi prokuratura organini tashkil etish va faoliyatining prinsiplari tushunchasini kengroq yoritib beradi. Shunday qilib: Prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyati prinsiplari (deganda) - bu Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan asosiy talablar bo'lib, ular prokuraturaning va ular xodimlarining siyosiy va ijtimoiy vazifasini, vakolatlarini hamda davlatda qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish usul va vositalarini, ularning hajmi va xarakterini hamda prokuratura organlarining boshqa davlat organlari, xususan huquqni muhofaza qiluvchi organlardan farq qiluvchi belgi va xususiyatlarini aniqlaydi. Shu prinsiplarga amal qilish prokuratura organlariga o'zining vazifasini aniq bajarishga imkon beradi. prinsiplarni prokurorlik funksiyalari va yo'nalishlarini amalga oshirishning tartibi va holati bilan almashtirmaslik kerak, chunki tamoyillar o'zaro bog'liq va ajralmas hisoblanadi. Bundan tashqari prokuror muayyan huquq sohasida nazoratni amalga oshirar ekan, shu sohadagi prinsiplarga amal qilishi lozim. Bunga misol: sudlarda davlat ayblovini qo'llab-quvvatlaganda adolatlilik, sudyalarning mustaqilligi, tenglik, sudlanuvchining himoyaga bo'lgan huquqi, aybsizlik prezumtsiyasi, oshkoralik, erkin fikr, protsessning bevositaligi kabi prin-tsiplarga amal qilinishi lozim. Birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari Prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: Birlik, Markazlashganlik Qonuniylik Mustaqillik Oshkoralik («O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi to'g'risida»gi Qonuni 5-moddasi). Bundan tashqari Chuvilev va Baskovlar quyidagi asosiy prinsiplarni qo'shadilar: siyosiy mustaqillik (Chuvilyov, «Prokurorskiy nadzor RF» 58-59 b.); qonunlarning buzilishini aniqlash va o'z vaqtida bartaraf etish; prokuratura ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.69 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.69 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga