Prokuror nazorati fanining tushunchasi, mohiyati va vazifalari

Prokuror nazorati fanining tushunchasi, mohiyati va vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Prokuror nazorati fanining tushunchasi, mohiyati va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Prokuror nazorati fanining tushunchasi, mohiyati va vazifalari Reja: Prokuror nazorati fanining tushunchasi, predmeti va tizimi, maqsadi va vazifalari Prokuror nazorati fanining boshqa yuridik fanlar bilan o'zaro aloqadorligi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida prokuratura haqida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VI sessiyasida so'zlagan Adolat-qonun ustuvorligida ma'ruzasida qo'yilgan vazifalar Prokuror nazorati fanining tushunchasi, predmeti, tizimi, maqsad va vazifalari O'zbekiston Respublikasida prokuror nazorati kursining predmeti bo'lib, prokuratura faoliyatini tashkil etish prinsip-larini, uning organlari tuzilishi va tizimini, funksiyalarini, vazifalarini, ishlarini, qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishdagi prokuror vakolatini belgilovchi huquqiy normalar hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilgan normalar nazariyasini va ularning amaliyotga qo'llanishini o'rganish bu kursning asosiy maqsadidir. Biroq bu fan oliy o'quv yurtlarining talabalari uchun belgilangan ekan, uning mazmunini prokuraturaning davlat organlari tizimida tutgan o'rni, nazorat predmeti, tashkil topishidan iborat. Prokuror nazorati - deyilganida, O'zbekiston Respublikasi nomidan, uning hududida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarining aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura organlarining davlat organi sifatidagi maxsus faoliyati tushuniladi. Aynan shu faoliyatni ilmiy o'rganish, faoliyatni ilmiy shakllantirish va rejalashtirishda ushbu fandan foydalaniladi. Fan yordamida prokuratura faoliyatining yo'nalishlari bo'yicha ilmiy asoslangan usul va uslublar o'rganiladi. Prokuror nazorati fanining boshqa yuridik fanlar bilan o'zaro aloqadorligi Prokuror nazorati fani boshqa bir qator yuridik fanlar bilan yaqindan aloqadordir. Konstitutsiyaviy huquqda prokuraturani tashkil etuvchi, belgilovchi asosiy holatlar, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va prokurorlarni tayinlash tartibi hamda boshqa davlat organlari tizimida prokuraturaning tutgan o'rni va o'zaro aloqasi o'rganiladi. Davlat va huquq nazariyasida prokuraturaning qonuniylik va tartibni saqlovchilik rolining muhimligi ko'rilsa, prokuror nazoratiga esa davlat faoliyatining bir turi sifatida qaraladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fanining bitta mavzusi prokuratura organi, uning vazifalari, funksiyalari, tizimiga bag'ishlangan. Bu fanda prokuratura to'g'risida umumiy tushuncha beriladi. Jinoyat protsessi fanida jinoyat ishi qo'zg'atishdan tortib, hukmni ijro etish bosqichigacha prokurorning protsessual holati yoritib berilgan. Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat protsessual kodeksida belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura, shuningdek, fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir. O'zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunchiligi talablariga ko'ra, prokurorning protsessual mavqei, tutgan o'rni naqadar ahamiyatliki, dastlabki hamda qo'shimcha tergov mobaynidagi har bir protsessual harakatning qonuniyligi ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiruvchi, shu harakatlarning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxs bu-prokurordir. Jinoyat ishi yuzasidan birinchi instansiya sudlarida ishlarning ko'rilishida, sudlar tomonidan chiqarilgan g'ayriqonuniy, asoslantirilmagan yoki adolatsiz sud hujjatlariga nisbatan protest kiritish vakolati, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ishlarni ko'rilishidagi vakolatlarini amalga oshirishi, shuningdek, sud qarorlarini ijro etish chog'ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat faoliyati ham jinoyat protsessual qonunchiligi bilan birgalikda sud ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.28 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.28 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga