Prokuror nazorati fanining umumiy qismi tushunchasi mohiyati va vazifalari

Prokuror nazorati fanining umumiy qismi tushunchasi mohiyati va vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Prokuror nazorati fanining umumiy qismi tushunchasi mohiyati va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Prokuror nazorati fanining umumiy qismi tushunchasi mohiyati va vazifalari Reja: 1. Prokuror nazorati fanining umumiy qismi tushunchasi, predmeti, tizimi, maqsadi va vazifalari. 2. Prokuror nazorati fanining boshqa yuridik fanlar bilan o'zaro aloqadorligi. 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida prokuratura haqida. 4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida prokuratura haqida. Prokuror nazorati fanining umumiy qismi tushunchasi predmeti tizimi maqsadi va vazifalari O'zbekiston Respublikasida prokuror nazorati kursining predmeti bo'lib, prokuratura faoliyatini tashkil etish prinsip-larini, uning organlari tuzilishi va tizimini, funksiyalarini, vazifalarini, ishlarini, qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishdagi prokuror vakolatini belgilovchi huquqiy normalar hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilgan normalar nazariyasini va ularning amaliyotga qo'llanishini o'rganish bu kursning asosiy maqsadidir. Biroq bu fan oliy o'quv yurtlarining talabalari uchun belgilangan ekan, uning mazmunini prokuraturaning davlat organlari tizimida tutgan o'rni, nazorat predmeti, tashkil topishidan iborat. Prokuror nazorati - deyilganida, O'zbekiston Respublikasi nomidan, uning hududida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarining aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura organlarining davlat organi sifatidagi maxsus faoliyati tushuniladi. Aynan shu faoliyatni ilmiy o'rganish, faoliyatni ilmiy shakllantirish va rejalashtirishda ushbu fandan foydalaniladi. Fan yordamida prokuratura faoliyatining yo'nalishlari bo'yicha ilmiy asoslangan usul va uslublar o'rganiladi. Prokuror nazorati fanining tizimi Umumiy va Maxsus qismdan iborat. Umumiy qismga: -prokuror nazorati prokuraturaning asosiy vazifasi tushunchasi; -prokuraturaning davlat organlari tizimida tutgan o'rni va ahamiyati; -O'zbekistonda prokuraturaning tarixiy rivojlanishi va bosqichlari; -rivojlanishiga doir ilmiy qarashlar; -prokuratura organlarining tashkiliy va faoliyat prinsiplari, ularning funksiyalari; -prokuratura faoliyatining asosiy yo'nalishlari kiradi. Maxsus qism quyidagi mavzularni o'z ichiga olgan: -qonunlar ijrosi ustidan nazorat (Umumiy nazorat); -fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorat; -jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat; -ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy ja'zolarni va jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog'ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat; -jinoyat, fuqarolik, xo'jalik sudlarida ishlarni ko'rishda prokuror ishtiroki; -jinoyatchilikka qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish; -chet davlatlar prokuratura organlarining faoliyati va tashkil etilishi; -O'zbekiston prokuratura organlarining chet el huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan xalqaro hamkorligi o'rganiladi. «Prokuror nazorati» fani bo'yicha darslikning umumiy qismi maqsadi va vazifalari: Prokuror nazorati kursining mazmuni, predmeti va tuzilishini; Prokuror nazorati fanining maqsadi va vazifalarini; O'zbekiston Respublikasida prokuratura organlari tashkil etilishi va rivojlanish bosqichlarini; Prokuratura faoliyatining huquqiy asoslarini; Prokuror nazoratining mohiyati va vazifalarini; Prokuror nazorati fanidan nazariy masalalarni; O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonuniga asosan prokurorlik vazifalarini; ta'sir chorasini ko'rish, aniqlangan qonun buzilishlariga nisbatan tegishli prokuror nazorati hujjatlarini tuzishning mazmunini; Prokurorning protsessual harakatlarini tashkil etish va o'tkazishning mazmuni; O'zining kasbiy malakasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.99 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.99 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga