Prokurorning fuqarolik ishlarini yuritishning apellyatsiya bosqichida ishtirok etishi asoslari

Prokurorning fuqarolik ishlarini yuritishning apellyatsiya bosqichida ishtirok etishi asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Prokurorning fuqarolik ishlarini yuritishning apellyatsiya bosqichida ishtirok etishi asoslari - rasmi

Material tavsifi

Prokurorning fuqarolik ishlarini yuritishning apellyatsiya bosqichida ishtirok etishi asoslari Reja: Fuqarolik sud ishlari yuritilishida prokuror vakolatlari Xo'jalik sudlarida ishlarni ko'rib chiqishda prokurorning protsessual holati. Apellyatsiya shikoyati (protesti) Protestni chaqirib olish. Kassatsiya shikoyatida (protestida) Kassatsiya instansiyasi xo'jalik sudi Prokurorning fuqarolik ishlarini yuritishning apellyatsiya bosqichida ishtirok etishi asoslari Prokurorning ikkinchi instansiya sudida ishtirok etishi to'g'risida shuni aytish kerakki, uning bu instansiyada ishtirok etishi ikki shaklda (formada): birinchidan, sud qarori ustidan shikoyat, protest keltirish yo'li bilan; ikkinchidan, taraflardan birining sud qaroridan norozi bo'lib shikoyat arizasi berganida bu to'g'risida fikr berish yo'li bilan ishtirok qila oladi. Prokurorning protest bildirish huquqi - uning birinchi instansiya sudida ishning ko'rilishida ishtirok qilish-kilmasligiga bog'liq emas. apellyatsiya protestini hamma prokurorlar, yani tuman, shahar, viloyat va yuqori turgan prokurorlar bera oladilar. Ikkinchi instansiya sudida protest ko'rilganida prokuror ishtirok etadi va protestni quvvatlaydi. Fuqarolik ishlarini apellyatsiya bosqichida ko'rishda, bu bosqich predmeti bo'lib - qonuniy kuchga kirmagan sudning qaror va ajrimlari hisoblanadi. Prokuror ishni birinchi instansiya sudida ko'rilishida ishtirok etish etmasligidan kati nazar noqonuniy yoki asossiz deb topgan sud qarori ustidan apellyatsion tartibda ko'rish uchun protest keltirish mumkin. Apellyatsion protestlar prokuror tomonidan qarorni chikargan sud orqali keltiriladi. Protestning to'g'ridan to'g'ri apellyatsiya instansiyasiga berilishi uning ko'rilishiga to'sqinlik qila olmaydi. Apellyatsion protest qaror chiqarilgach 20 kun mobaynida keltiriladi. Apellyatsion shikoyat protsessual hujjat sifatida quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1) protest obyektiv, asoslangan bo'lishi kerak Apellyatsion protest yoki protest muallifi bo'lgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan quvvatlanadi. Apellyatsion protest uchun quyidagilar asos bo'lib hisoblanadi: 1) ish uchun ahamiyatli bo'lgan holatlarning to'liq ochilmaganligi; 2) ish uchun ahamiyatli bo'lgan, sud tomonidan aniqlangan deb hisoblangan holatlarning isbotlanmaganligi; 3) sud xulosalarining qarorini ish holatlariga nomuvofiqligi; 4) moddiy yoki protsessual normalarning noto'g'ri qo'llanilishi yoki buzilishi. Prokuror ishning hal etilishida ishtirok etar ekan, ishda qatnashuvchi shaxslardan so'ng qarorning qonuniyligi va asoslanganligi to'g'risida fikr beradi. Prokurorning apellyatsiya instansiyasi sudidagi ishtiroki ish bo'yicha fikr tuzish bilan yakunlanadi. Bunda u sud qarorining mazmunini, ishni apellyatsiya tartibida ko'rish uchun asoslar, qarorga protest keltirilishi sababini va ish ko'rilishi yakuniy natijalarini ko'rsatib o'tadi. Agar prokuror nuqtai nazari bilan sud ajrimi nuqtai nazari bilan sud ajrimi o'rtasida farqlar (har xillik) vujudga kelsa, u bu to'g'risida kassatsiya tartibida protest keltirish vakolatiga ega bo'lgan prokurorga habar qiladi. Prokuratura organlarining rahbari prokuror fikrini tasdiqlagach u protsessual hujjatga aylanadi. Agar taraflardan biri sud qarori ustidan shikoyat arizasi bergan bulsa, bu shikoyat sudda ko'rilishida prokuror, garchi o'zi protest bermagan bo'lsa ham, ishtirok eta oladi va o'zining og'zaki va yozma fikrini beradi. Prokuror ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.17 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.17 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga