Prokurorning jamoatchi yordamchilari to'g'risidagi nizom Reja: Prokurorning jamoatchi yordamchilari to'g'risidagi nizom Jamoatchi yordamchilikka qabul qilish Jamoatchi yordamchilarning huquqlari va majburiyatlari Jamoatchi yordamchilar Prokurorning jamoatchi yordamchilari to'g'risidagi nizom Umumiy qoidalar Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi qonunida belgilangan vazifa va vakolatlarni amalga oshirishda jamoatchi yordamchilarni prokuratura faoliyatiga jalb qilish tartibini belgilaydi. Prokuratura, shu jumladan, Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy yo'l bilan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (bundan keyin matnda Departament deb yuritiladi) organlarida xizmat qilishga xohishi bo'lgan, O'zbekiston Respublikasining oliy yuridik, iqtisodiy, moliyaviy o'quv yurtlarida sirtdan yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan, shuningdek, tegishli oliy ma'lumotta ega bo'lib, muayyan joyda ishlab kelayotgan hamda ijobiy tavsiflarga ega fuqarolar prokurorning jamoatchi yordamchisi sifatida jalb qilinishi mumkin. Ulardan kadrlar zahirasini tashkil etish va bo'sh o'rinlarni to'ldirishda foydalaniladi. Jamoatchi yordamchi sifatida jalb qilinadigan fuqarolar albatta davlat yoki nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar yoki muassasalarda mehnat qilishlari lozim. Magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarni jamoatchi yordamchilikka jalb qilishda tegishli oliy o'quv yurti rahbariyatining roziligi olinishi shart. Jamoatchi yordamchilikka qabul qilish Tuman-shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar (bundan keyin matnda tuman prokurori deb yuritiladi) jamoatchilik asosida ish o'rganish va prokuraturaga yordam berish istagini bildirgan fuqarolarni shaxsan qabul qilishi hamda murojaatni belgilangan tartibda ro'yxatga olishi lozim. Muayyan tashkilot, korxona, muassasa yoki oliy o'quv yurti ma'muriyatining bunday masaladagi murojaati ham shu tartibda ko'rib chiqiladi. Tuman prokurori, jamoatchi bo'lish xohishini bildirgan fuqaroning shaxsiy va ishchanlik xislatlarini bir oy muddatda har tomonlama o'rganib chiqadi. Natijalariga ko'ra fuqaroning jamoatchi yordamchi sifatida ish o'rganishi va prokuraturaga yordam berishiga ishonch hosil qilganidan so'ng, uning shaxsi, yashash va asosiy ish (o'qish) joyi haqidagi hujjatlar hamda zarur tavsifnomalarni jamlab, tegishliligi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar, Respublika Transport prokuroriga taqdimnoma kiritadi. Ixtisoslashtirilgan prokuraturalarga jamoatchi yordamchilarni jalb qilishdan avval, ular prokuratura organlari xodimlari kabi maxsus tekshirishdan o'tkazilishi lozim. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar, Transport prokurori tuman prokurorining taqdimnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishib, bu fuqaro bilan shaxsan suhbat o'tkazish yoki qo'shimcha tekshirish tashkil qilish orqali uzog'i bilan bir oy muddatda fuqaroni jamoatchi yordamchi sifatida qabul qilishga rozilik berish yoki rad etish haqida to'xtamga keladi. Taqdimnomani ko'rib chiqish natijalari haqida tuman prokuroriga yozma xabar qilinadi. Taqdimnoma belgilangan tartibda qanoatlantirilgan taqdirda tuman prokurorining buyrug'i bilan fuqaro prokurorning jamoatchi yordamchisi etib tayinlanadi va unga tajribali xodim murabbiy etib belgilanadi. Xodimlar soni o'n nafardan oshmagan tuman prokuraturalarida uch nafargacha, o'n nafardan ortiq xodimlari bor prokuraturalarda ko'pi bilan besh nafar, o'n besh nafardan ortiq xodimlari bo'lgan prokuraturalarda esa etti nafargacha jamoatchi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.94 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.94 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc