Prokurorning nazorati hujjatlari, ularning mazmuni, keltirish asoslari va tartibi Reja: Prokuror nazorati hujjatlari, ularning mazmuni, keltirish asoslari va tartibi. Protest. Qaror. Taqdimnoma. Ariza. Ogohlantiruv. Prokuror nazorati hujjatlari, ularning mazmuni, keltirish asoslari va tartibi Qonun buzilishining darajasi(xarakteri)ga qarab, prokuror tegishli prokuror nazorati hujjatini qabul qiladi. Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir. (O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonunning 37-moddasi). Qonuniylikka rioya etish ustidan prokurorning ta'sir ko'rsatish hujjatlari sifatida qo'llanadigan protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruvlar ma'lum talablarga javob berishi kerak: -Ular qonun buzilishiga oid dolzarb, muhim va ahamiyatli holatlarga qaratilgan bo'lishi lozim, bunday holat aniqlanganda prokurorning protsessual aralashishi zaruriyati va tegishli qaror zaruriyati va tegishli qaror qabul qilinishini taqazo etadi. -Prokurorning huquqiy hujjatlarida mavjud xulosa va takliflar asoslangan va qonuniy bo'lishi kerak. Ular aniq faktlarga asoslangan bo'lishi kerak. -Prokuror rahbarning o'zi qonunni buzgan shaxsga nisbatan qo'llanishi mumkin bo'lgan ma'muriy va intizomiy choralarni oldindan qo'llamasligi va buni rahbarga qo'yib berishi kerak. -Prokurorlik nazorati hujjatlarni chiqarishda amaliyotda qabul qilingan har bir hujjatga oid tuzilishi, shakl va rekvizitlarga hamda eng asosiysi, hujjatning mazmunli bo'lishiga e'tibor berish lozim. -Nihoyat, huquqiy hujjat yuridik va uslubiy jihatdan xat-savodlilik bilan yozilishi kerak. O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonunning 56-moddasida ko'rsatilishicha, 1-moddadagi, 7-moddaning to'rtinchi qismidagi, 8-moddaning ikkinchi qismidagi, 28-modda birinchi qismining o'ninchi, o'n birinchi, o'n ikkinchi, o'n to'rtinchi, o'n beshinchi va o'n oltinchi xatboshilaridagi, 29-moddaning ikkinchi qismidagi, 31-moddaning uchinchi, to'rtinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi, 34, 35, 36, 38, 39, 40, 41, 42-moddalardagi prokuror degan atama zamirida o'z vakolatlari doirasida ish olib borayotgan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o'rinbosarlarini tushunish kerak. (O'zR 22.09.2008 y. O'RQ-181-son Qonuni taxriridagi qism) Ko'rinib turibdiki, protest, taqdimnoma kiritish, ogohlantiruv hujjatini qo'llash, ariza bilan murojaat qilish, intizomiy, ma'muriy hamda jinoiy javobgarlikka tortish haqida qaror qabul qilish vakolati O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonunning 56-moddasi talabiga ko'ra: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori; Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori; Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari; va ularga tenglashtirilgan prokurorlar; shuningdek ularning o'rinbosarlarga tegishlidir. Protest. Qonunga zid bo'lgan hujjatga nisbatan p r o t ye s t ni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi. Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o'n kunlik muddatdan kechiktirmay ko'rib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko'rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko'rib chiqish natijalari to'g'risida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.55 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.55 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc