Protsessual majburlov choralari qo'llashning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati Reja: Protsessual majburlov choralari qo'llashning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati Jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasini ta'minlash yuzasidan prokuror nazorati Qamoqqa olishga ruxsat berish uchun sudga iltimosnoma Ayblov xulosasi bilan kelgan ishlar bo'yicha prokuror hal qilishi lozim bo'lgan masalalar, prokuror qarori. Protsessual majburlov choralari qo'llashning qonuniyligi ustidan prokuror nazoratining tushunchasi va vazifalariga to'htalsak. Ushbu masalada prokurorlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda qonunosti hujjatlarida ko'rsatilgan talablarga qay darajada amal qilinayotganligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari muhofazasi qay darajada ta'minlanayotganligi, kerak bo'lsa, xalqaro konvensiya talablari asosida ularning huquqlari muhofazasi ta'minlanayotganligi etiborlarida bo'lishi lozim. Jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga to'sqinlik qilayotgan, o'ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan bo'lsa, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm ijrosini ta'minlash uchun zarur bo'lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud O'zbekiston Respublikasi JPKda belgilangan hollarda hamda tartibda majburlov choralarni qo'llashga haqlidir. Protsessual majburlov choralarini qo'llash qonuniy va asoslangan bo'lishi lozim. Faqat qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lganda qo'llanishi mumkin. Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza o'tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qo'llanilgan shaxslarga, nisbatan g'ayriinsoniy munosabatda bo'lish mumkin emas. Ularga nisbatan protsessual majburlov chorasi qo'llanilganda bu haqda yigirma to'rt soatdan kechiktirmasdan uning oila a'zolaridan biriga, ular bo'lmagan taqdirda- qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga habar berishi, shuningdek bu haqda ish yoki o'qish joyiga malum qilishi shart. Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza o'tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qo'llanilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi bo'lsa, yuqorida ko'rsatilgan muddat ichida O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabarnomaning nusxasi ishga ilova qilinadi. Prokurorning protsessual majburlov choralarini qo'llash haqidagi ko'rsatmasi surishtiruvchi va tergovchi uchun majburiydir. Bunday ko'rsatmalarga etirozlar bo'lsa qonunda belgilangan tartibda tergovchi yuqori turuvchi prokurorga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin. Fuqarolarni ushlash, qamoqqa olish va jinoiy javobgarlikka tortishda qonunga, tergov va gumon ostidagilar hamda ayblanuvchilarni qamoqda saqlashda protsessual qonunchilik muddatlariga rioya qilish ustidan nazorat masalalariga alohida to'htalib o'tsak. Prokurorlar qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo'llash uchun sudga iltimosnoma bilan og'ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llash lozimligi; og'ir jinoyat sodir qilganlikda fosh etilgan jinoyatchini ozodlikda qolishi holatlariga keskin barham berish lozimligi; uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar uchun qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo'llash uchun sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishni maqsadga muvofiqmi yoki yo'qligi masalasiga alohida etibor berilishi kerakligi; har bir jinoyat ishi bo'yicha ayblanuvchining yoshi, sog'lig'i, oilaviy ahvoli, nima ish bilan shug'ullanishi va unga qarshi to'plangan dalillarning mazmunini inobatga olinishi kerakligi; prokurorlar qamoqqa olishga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc