Protsessual muddatlar va chiqimlar

Protsessual muddatlar va chiqimlar

O'quvchilarga / Huquq
Protsessual muddatlar va chiqimlar - rasmi

Material tavsifi

Protsessual muddatlar va chiqimlar Reja: 1.Protsessual muddatlar 2.Protsessual chiqimlar va ularni qoplash Protsessual muddatlar Protsessual muddatlar to'g'risidagi masala protsessual shakl bilan bog'liq bo'lib, unga rioya etish qonuniylikning, shuningdek barcha harakatlar va qarorlarni jinoyat protsessual qonun hujjatlari belgilagan muddatlarda amalga oshirish bilan birga jinoyat ishlarining o'z vaqtida qo'zg'atilishi, tergov qilinishi, ko'rib chiqilishi va hal qilinishining amaliy kafolati hisoblanadi. Shu munosabat bilan JPK da belgilangan muddatlar (39-bob) jinoyatning tergov qilinishini va sud muhokamasi vazifalarini o'z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi. Protsessual muddatning o'zi nima? Protsessual muddat - vaqt oralig'i bo'lib, uning mobaynida jinoyat protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak yoki ularni amalga oshirishdan tiyib turish talab etiladi. Protsessual muddatlar JPK da belgilanganligi uchun ham ular huquq me'yorlari hisoblanadi hamda majbur etuvchi xususiyatga ega. Bu shuni anglatadiki, agar protsessning bir ishtirokchisi jinoyat protsessual qonun hujjatlarida belgilangan mazkur vaqt oralig'ida qandaydir harakatni amalga oshirishi mumkin yoki shart bo'lsa, boshqa subyekt bu harakatni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratishga, uning amalga oshirilishiga to'sqinlik qilmaslikka yoki qandaydir harakatlarni amalga oshirishdan o'zini tiyib turishga majbur. Protsessual muddatlar muayyan tasniflashga muhtojdir. Muddatlarni ifoda etish aniqligi darajasiga ko'ra uch xil jinoyat protsessual me'yorlar farqlanadi: 1) jinoyat protsessual harakatni zudlik bilan amalga oshirishni nazarda tutadigan qonun me'yorlari (masalan, JPKning 321-moddasiga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilganligi to'g'risida sabab va yetarli asoslar mavjud bo'lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo'zg'atishi shart); 2) muayyan aniq muddatlar belgilaydigan qonun me'yorlari (masalan, JPKning 475-moddasida aytilganki, hukm e'lon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta bo'lgan taqdirda esa, o'n sutkadan kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi lozim. Boshqa taraflarga hukm nusxasi yoki uning ko'chirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi); 3) muayyan muddatlarni belgilaydigan, lekin ma'lum harakatlar umumiy muddatlar davomida sodir etilishiga ruxsat beradigan qonun me'yorlari. Masalan, JPKning 33-moddasida nazarda tutiladiki, 83-moddaning 1 va 2-bandlarida hamda 84-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Bu haqda jinoyat sodir etilganligi to'g'risida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim. Ammo qaysi muddatda shikoyat qilinishi mumkinligi haqida aytilmagan. Ta'kidlaganimizdek, protsessual muddatlar jinoyat protsessual kafolatlar turlaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan barcha muddatlarni quyidagi guruhlar sifatida ham tasniflash mumkin: jinoyatlarning dastlabki tergovi va sud muhokamasining tezligini kafolatlaydigan muddatlar: arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqish tartibi (JPKning 329-m.), surishtiruv yuritilishining muddati (JPKning 341-m.), dastlabki tergov (JPKning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.72 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.72 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga