Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: 1. Psixologiya nimadan bahs qiladi. 2. Psixik hodisalar. 3. Ilk psixologik bilimlar. 4. Psixologiyaning maqsadi. 5. Psixologiya fanining vazifalari. Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko'ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o'rin egal-lashiga barcha obyektiv shart va sharoitlar etarlidir. Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki psixologiya fani insoniyattomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkab bo'lib, biosferikta'limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o'rganilib kelingan. Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shun-dan iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo'lib, ij-timoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta'sir o'tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o'laroq o'ztatbiqiy ma'lumotlari, natijalarining ko'pqirra, ko'pyoklama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko'rsatki-chiga ega. Ayniqsa, bu borada o'zini o'zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o'rganish ilmidan tafovutlanib, o'zining psixik jarayonlari, funksiyalari, holatlari, hissiyoti, iro-dasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o'z aksini to-padi. Inson o'zini anglay borib, o'z insoniy xislati, xususiyati, si-fati, xulqini o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o'zini o'zi boshqarish va takomillashtirish, o'zini o'zi qo'lga olish, o'ziga o'zi buyruq berish, o'zini o'zi tarbiyalash bo'yicha boy materiallar to'plagan, bu esa o'z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o'zgari-shi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma'lumotlar bera-di, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta'minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko'chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinami-kasini ta'minlash, yangi sifat bosqichiga o'tishini qayd qilish im-koniyati borligi bilan o'ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, kli-nik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixo-logiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o'z pred-metiga ega bo'lib, amaliy sotsial psixolog, injener (muhandis) psi-xolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o'z ichiga qamrab olgandir. Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida takidlab o'tish kerakki, psixologiya fani ko'hna tarixga ega bo'li-shiga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V. Vundt tomonidan 1879 yilda Leyptsig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi eksperimental labora-toriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun endigina refleksiyani (lotincha gepexiz o'zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) il-miy jihatdan o'rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga ki-ritish davri (mavridi) keldi. Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo'lgan bo'lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi anikdangani yo'q, lekin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.24 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.24 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga