Pudrat shartnomasi. Maishiy pudrat shartnomasi

Pudrat shartnomasi. Maishiy pudrat shartnomasi

O'quvchilarga / Huquq
Pudrat shartnomasi. Maishiy pudrat shartnomasi - rasmi

Material tavsifi

Pudrat shartnomasi. Maishiy pudrat shartnomasi Reja: Pudrat shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari Pudrat bo'yicha bajariladigan ishlar Ishning bajarish muddati va bahosi Pudrat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari Maishiy pudrat shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari Taraflarning huquq va majburiyatlari hamda shartnomani tuzish tartibi Ishning natijalari va natijani qabul qilmaslik oqibatlari Pudrat shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari Pudrat shartnomasi bozor iqtisodiyoti sharoitida ko'p uchraydigan hamda kishilarning turmush hayotida juda ko'p qo'llaniladigan shartnomalardan biri hisoblanadi. Pudrat shartnomasi tuzish orqali ishlab chiqarish texnikasiga oid texnika vositalarini tayyorlash, yasab berish, uy-joylar, binolar, inshootlar qurib berish, qayta tiklash, ta'mirlash, loyihalash, qidiruv ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarish kabi munosabatlar vujudga keladi. Pudrat munosabatlari turli davrlarda aholining maishiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy vositasi hisoblangan. Bu shartnoma turi har qanday izmlarda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan, aksincha turli normativ hujjatlar orqali tartibga solingan va takomillashtirilib borilgan. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq pudrat ishlarini bajarish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida ichki va tashqi siyosatning asosiy mezonlaridan biriga aylangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Shu sabab ham bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida pudrat ishlarini bajarish hayotiy zaruratga aylanib bormoqda. Shunday qilib pudratchi ishining bajarilishi malum bir natijaga erishishni ko'zda tutgan. Masalan, ashyolarni ishlab chiqarish, uning tamirlanishi, uning istemol xususiyatlarining yaxshilanishi yoki o'zgarishi yoxud ijrochidan aniq ashyoviy yoki moddiy natijani olishga yo'nalgan. hozirgi kunda pudrat munosabatlari alohida shartnoma turi sifatida huquqiy asoslari va nazariy jihatlari yaxshi ishlangan. Bu shartnoma alohida shartnoma turi sifatida fuqarolik qonunchiligida maxsus normalar bilan tartibga solinadi. Pudrat shartnomasi munosabatlari maxsus qonunlar - FKning 37-bobi (Pudrat to'g'risida umumiy qoidalar (631-655-moddalar), maishiy pudrat (656-665-moddalar), qurilish pudrati (66-685-moddalar), loyiha va qidiruv ishlari pudrati (686-692-moddalar), ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalari (693-702-moddalar)), Shaharsozlik kodeksi (masalan, ShKning 16-moddasi obyektlar qurilishi bo'yicha pudratchilarning huquqiy holatini belgilab beradi), Qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to'g'risidagi qonun va boshqa qonunlar bilan tartibga solinishi bilan birga qonun osti hujjatlari asosida ham huquqiy tartibga solinadi. Jumladan, Kapital qurilishda xo'jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.09.2003 yilgi 395-sonli Qarori, 2003 yil 6 maydagi PF-3240-sonli Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 200 yil 13 apreldagi Kapital qurilishni boshqarish tuzilmasini yanada qayta tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi 144-sonli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 200 yil 5 avgustdagi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 305-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori, obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi va shartnoma qiymatiga nisbatan mablag'lar tejalganligi uchun pudratchi tashkilotni buyurtmachi tomonidan mukofotlash tartibi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 73.03 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 73.03 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga