Pul muomalasini huquqiy tartibga solish

Pul muomalasini huquqiy tartibga solish

O'quvchilarga / Huquq
Pul muomalasini huquqiy tartibga solish - rasmi

Material tavsifi

Pul muomalasini huquqiy tartibga solish Reja: 1. Pul muomalasi tushunchasi va uning huquqiy asoslari. 2. O'zbekiston Respublikasida kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari. 3. Nakd pulsiz hisobotlarning shakllari. 4. hisobot intizomi buzganlik uchun bank va uning mijozlarining javobgarligi. Щar qanday davlatning pul tizimlari va pul muomalasi bilan bog'liq munosabatlarini huquqiy tartibga solishni takazo etadi. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida moliyaviy munosabatlar va valyutani tartibga solish, pul inflyatsiyasi, banklar faoliyati muhim sohalardan ekanligi takidlangan. Demak pul tizimlari va uni huquqiy tartibga solish konstitutsiyaviy maqomga ega masaladir. Moliya huquqi mezonlari vositasida O'zbekiston Respublikasida mavjud bo'lgan pul kredit tizimlari mustahkamlanadi, pul birliklarining to'lovga kobil, nakd pul muomalasida tegishli tartibni ta'minlash, hisoblarni tashkil qilish asoslari, xullas pul tizimlarining bir me'yorda faoliyat ko'rsatishi tamin etiladi. fuqarolik huquqi mezonlari vositasida O'zbekiston Respublikasida mavjud bo'lgan pul-kreditlar pul birliklariga nisbatan mulkchilik huquqlarini, fuqaroviy huquqiy bitimlarga binoan hisob kitob qilish tartiblarni, munosabat ishtirokchilarini o'zaro pul munosabatlarini va ularning ijro etilishiga doir masalalar belgilanadi. ma'muriy huquq sohasidagi mezonlar pul tizimlari,asosan pul muomalasidagi ma'muriy nojuya harakatlar uchun javobgarlikni belgilaydi. Jinoyat huquqi mezonlari esa pul tizimlarga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun pul ishlab chiqarish, kalbakilashtirish, chet el valyo'talari bilan gayriqonuniy operatsiyalar amalga oshirish kabilar uchun jinoiy javobgarlik belgilaydi. Pul tizimlari, pul-kredit munosabatlariga taalukli moliyaviy huquqiy mezonlar majmuasi O'zbekiston Respublikasi «O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risidagi» qonunlarda, fuqarolik kodeksi va boshqa qonunlarda mustahkamlangan. Pul tizimlarning bir maromda ishlatilishiga qaratilgan moliyaviy-texnikaviy mazmundagi masalalar, pul belgilarni tayyorlash, tekshirish, saqlash , kassaga olish, pul birliklari zaxira fondlarini tashkil etish, yaroksiz xolga kelib kolgan pullarni almashtirish kabi faoliyatni amalga oshiradi. Markaziy Bank tomonidan qonunchilik hujjatlari asosida chikariladigan huquqiy aktlar vositasida tartibga solinadi. Pul tizimi bir kator tarkibiy kismlardan tashkil topgan; rasmiy pul birligi; - naud pul immisiyasini amalga oshirish tartibi, pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish, O'zbekiston Respublikasi rasmiy pul birligi sum bo'lib, boshqa pul birliklarini chiqarish va muomalaga kiritish man etiladi. O'zbekiston Respublikasida milliy valyutani joriy etish va muomalaga chiqarish bir necha yilni o'z ichiga oladi, hamda bosqichma bokich amalga oshiriladi. Pul muomalasi yani tovarlar va tovar bo'lmagan to'lovlar va hisob kitoblar aylanishiga xizmat ko'rsatish maqsadida nakd pul va nakd pulsiz shaklidagi pul xarajati iqtisodiy hayotning eng muhim shakllaridan biridir. Pul muomalasi ikki shaklda: nakd pul bilan va nakd pulsiz amalga oshiriladi. hisob kitob shakllarini tanlab olish huquqi odatda o'zaro muomalaga kirishatgan shaxslarga tegishli bo'lib, qonunda maxsus kursatib utilgan holatlar bundan mustasno. Pul massasi, yani muomalada bo'lgan, hisob rakamlardagi, omonotlardagi banklarning zimmasida bo'lgan pullar yig'indisi pul ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.61 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.61 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga