Qadimgi Rimda siyosiy-huquqiy ta'limotlar Reja: 1.Qadimgi Rimdagi asosiy siyosiy-huquqiy oqimlar. 2.Sitseronning davlat, qonunlar va siyosat to'g'risidagi qarashlari. 3.Rim yuristlarining huquqshunoslik fanlarining rivojiga qo'shgan hissalari haqida. 4.Xristian dini va davlat o'rtasidagi munosabatlar. 1.Qadimgi Rimdagi asosiy siyosiy-huquqiy oqimlar. Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi ming yillarni o'z ichiga oladi va shu davr ichida Qadimgi Rimda o'zgarib to'rgan sotsial iqtisodiy, siyosiy-huquqiy qarashlarni voqealarni aks ettiradi. qadimgi Rim tarixi uch bosqichdan iborat. Podsholik (eramizgacha 754-510 y.), Respublika boshqarish usuli (504-28 y), imperiatorlik (27 eramizgacha va 475 y). Yagona Rim imperiyasi eramizning 395 yili batamom bo'linib ketdi. G'arbiy (markaz Rim), Sharqiy (markazi Konstantinopol) Vizantiya imperiyasi-bular 1453 yilgacha yashab keldi. Qadimgi Rimdagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy qarashlar uzoq vaqt davomida turli qarama-qarshi kuchlar patritsiylar va plebeylar o'rtasidagi, to'xtovsiz kurashlar ichida shakllanib boradi va shu kuchlar nisbatini, manfaatlarini o'zida aks ettirdi. Qadimgi Rimdagi siyosiy-huquqiy qarashlar qadimgi Yunonistonda shakllangan ijtimoiy-siyosiy qarashlar ta'sirida edi. Eramizgacha V asr o'rtalarida plebeylar yozma ravishdagi qonunlar tayyorlanishini talab qilib chiqdilar va Yunonistonga odamlar yuborib, ulardagi qonunchilik, davlatchilik asoslarini o'rganib kelish, xususan Solon davrida yaratilgan qonunlarga katta e'tibor berishni topshirdilar. Bu tajribalar puxta o'rganilib, nihoyat XII jadvaldan iborat bo'lgan qadimgi rim huquq normalarini ishlab chiqishga asos bo'ldi. qadimgi Yunonistonning atoqli faylasuflari Sokrat, Aflotun, Arastu, Epikur, stoiklar, Polibiy va boshqalar qadimgi rim ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlarning shakllanishiga kuchli ta'sir qildi. Qadimgi Rimda huquqshunoslik fanining rivojlanishi katta voqea edi. Rim huquqshunoslari huquqning umumiy nazariyasi muammolarini yoritib berdilar. Ayrim huquqshunoslik sohalari (davlat va huquq nazariyasi va ma'muriy huquq, jinoyat huquqi, xalqaro huquq) mustaqil tarzda ishlab chiqildi. Rim huquqshunoslari jamiyat hayotida ro'y berayotgan yangiliklarning nazariy asoslarini ishlab chiqdilar. Rim yuristlari tomonidan kashf qilingan huquqshunoslikka oid atamalar, fanlar bugun bizda ham o'rganilmoqda. Rim imperiyasida eramiz boshida xristianlik paydo bo'ladi. Ilk xristian ta'limotlari barcha erkinlik haqidagi qonunlarni, mavjud bo'lgan ko'plab tabiiy huquq g'oyalarini yangi din o'z nomidan, ilohiy ruh, xudoning ifodasi deb talqin qila boshaydi. Barcha odamlarning tengligi, uni odamlar o'rtasida qaror topishi zarurligi haqidagi g'oya muhim ahamiyatga ega edi. Xristianlikning paydo bo'lishi va jahon dini sifatida kengayib, mustahkamlanib borishi insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichlariga kuchli ta'sir qildi. Eramizning II asrida xristian jamoalarida ahvol bir muncha o'zgaradi. Jamoa boshliqlarining hukmronligi mustahkamlanadi, ular o'rtasida aloqa kuchayadi, ruhoniylar paydo bo'ladi. Cherkov iyerarxiyasining paydo bo'lishi, diniy dogmatning kuchaytirib yubordi. Ilk xristianlik ta'limotlarida qulchilikni yo'qotishga, xususiy mulkchilikni bekor qilishga, odamlar o'rtasidagi notenglikni bartaraf etishga qaratilgan g'oyalar mavjud edi. 2.Sitseronning davlat, qonunlar va siyosat to'g'risidagi qarashlari. Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixida Mark Tulliy Sitseron (106-43 ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.92 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.92 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc