Qadimgi Rimda siyosiy va huquqiy ta'limotlar

Qadimgi Rimda siyosiy va huquqiy ta'limotlar

O'quvchilarga / Huquq
Qadimgi Rimda siyosiy va huquqiy ta'limotlar - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Rimda siyosiy va huquqiy ta'limotlar Reja: 1.Qadimgi Rimda siyosiy va huquqiy ta'limotlarning o'ziga xosligi 2.Rim huquqshunoslarining siyosiy va huquqiy qarashlari Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi ming yillarni o'z ichiga oladi va shu davr ichida Qadimgi Rimda o'zgarib turgan sotsial-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy qarashlarni voqealarni aks ettiradi. Qadimgi Rim tarixi uch bosqichdan iborat. Podsholik (eramizgacha 754-510 y.), Respublika boshqarish usuli (504-28 y), imperiatorlik (27 eramizgacha va 475 y). Yagona Rim imperiyasi eramizning 395 yili batamom bo'linib ketdi. Farbiy (markaz Rim), Sharqiy (markazi-Konstantinopol) Vizantiya imperiyasi-bular 1453 yilgacha yashab keldi. Qadimgi Rimdagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy qarashlar uzoq vaqt davomida turli qarama-qarshi kuchlar-patritsiyalar va plebeylar o'rtasidagi, to'xtovsiz kurashlar ichida shakllanib boradi va shu kuchlar nisbatini, manfaatlarini o'zida aks ettirdi. Qadimgi Rimdagi siyosiy-huquqiy qarashlar qadimgi Yunonistonda shakllangan ijtimoiy-siyosiy qarashlar ta'sirida edi. Eramizgacha V asr o'rtalarida plebeylar yozma ravishdagi qonunlar tayyorlanishini talab qilib chiqdilar va Yunonistonga odamlar yuborib, ulardagi qonunchilik, davlatchilik asoslarini o'rganib kelish, xususan Solon davrida yaratilgan qonunlarga katta etibor berishni topshirdilar. Bu tajribalar puxta o'rganilib, nihoyat XII jadvaldan iborat bo'lgan qadimgi rim huquq normalarini ishlab chiqishga asos bo'ldi. Qadimgi Yunonistonning atoqli faylasuflari Sokrat, Platon, Aristotel, Epikur, stoiklar, Polibiy va boshqalar qadimgi rim ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlarning shakllanishiga kuchli ta'sir qildi. Qadimgi Rimda huquqshunoslik fanining rivojlanishi katta voqea edi. Rim huquqshunoslari huquqning umumiy nazariyasi muammolarini yoritib berdilar. Ayrim huquqshunoslik sohalari (davlat va huquq nazariyasi va ma'muriy huquq, jinoyat huquqi, xalqaro huquq) mustaqil tarzda ishlab chiqildi. Rim huquqshunoslari jamiyat hayotida ro'y berayotgan yangiliklarning nazariy asoslarini ishlab chiqdilar. Rim yuristlari tomonidan kashf qilingan huquqshunoslikka oid atamalar, fanlar bugun bizda ham o'rganilmoqda. Rim imperiyasida eramiz boshida xristianlik paydo bo'ladi. Ilk xristian ta'limotlari barcha erkinlik haqidagi qonunlarni, mavjud bo'lgan ko'plab tabiiy-huquq g'oyalarini yangi din o'z nomidan, ilohiy ruh, xudoning ifodasi deb talqin qila boshaydi. Barcha odamlarning tengligi, uni odamlar o'rtasida qaror topishi zarurligi haqidagi g'oya muhim ahamiyatga ega edi. Xristianlikning paydo bo'lishi va jahon dini sifatida kengayib, mustahkamlanib borishi insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichlariga kuchli ta'sir qildi. Eramizning II asrida xristian jamoalarida ahvol bir muncha o'zgaradi. Jamoa boshliqlarining hukmron-ligi mustahkamlanadi, ular o'rtasida aloqa kuchayadi, ruhoniylar paydo bo'ladi. Tserkov ierarxiyasining paydo bo'lishi, diniy dogmatning kuchaytirib yubordi. Ilk xristianlik ta'limotlarida qulchilikni yo'qotishga, xususiy mulkchilikni bekor qilishga, odamlar o'rtasidagi notenglikni bartaraf etishga qaratilgan g'oyalar mavjud edi. Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixida Mark Tualliy Tsitseron (106-43 eramizdan oldingi yillar) alohida o'rin egallaydi. Mashhur arator, davlat arbobi va mutafakkir Tsitseronning davlat va huquq muammolariga bag'ishlangan Davlat haqida, Qonunlar haqida, Burchlar haqida va boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.44 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.44 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga