Mavzu: qadimgi Rimda Sud tizimi RYeJA KIRISh Sud karori va sud karorini bekor qilish Sud karorini bajarish Sudyalar vakolati va Sudga chaqiruv Kirish: Rim huquqida jus tushunchasiga huquq normasi, huquqiy tartibot, shuningdek, shaxsga tegishli bo'lgan subyektiv huquqlar tushuniladi. Shaxsga tegishli bo'lgan huquqlarning amalga oshirilishi deganda, shaxsning huquq tomonidan muhofaza qilinadigan manfaatlarining ta'minlanishi va bu huquqlarning har qanday buzilishining oldini olishni tushunish kerak. Har qanday shaxs o'ziga tegishli bo'lgan huquqdan foydalanishi yoki undan voz kechishi mumkin Sud magistratlarining alohida qo'zg'atilgan davo bo'yicha sud jarayonini tashkil qilish huquqi yurisdiksiya - jurisdictio deb atalgan. tashkil qilingan sud jarayoni faqat Rim hududida Rim fuqarolari o'rtasida Rim fuqarosi hisoblangan sudya tomonidan olib borilishi qonuniy hisoblangan va magistrat tomonidan da'vogar qo'zg'atgan davo qonunga mos kelishi aniqlanishi va so'ngra sudga havola qilinishidan iborat bo'lgan. Nizolarni hal etish uchun bitta sudya yoki sudyalar kollegiyasi tayinlangan bo'lib, ular voyaga etgan Rim fuqarolaridan saylangan. Sud karori: Ko'rilayotgan ish bo'yicha asosiy tergov va aniqlangan holatlar bo'yicha isbotlov jarayoni o'tkazilgandan so'ng sudya ish bo'yicha hal qiluv qarorini qabul qiladi. Sudya qaror chiqarish vaqtida muayyan huquqiy munosabatlar bor-yo'qligini aniqlab, deklarator qaror qabul qiladi. Deklarator qaror da'vogar foydasiga chiqarilsa - kondemnator, javobgar foydasiga qabul qilinganda esa - absolyutar qaror deb tan olingan. Qabul qilingan qaror tomonlar o'rtasida yangi munosabatlarni keltirib chiqarsa, - konstuitiv deb atalgan. Bunday munosabatlarga mulkni bo'lish to'g'risidagi nizolar misol bo'lishi mumkin. Sudning hal qiluv qarori tomonlarga nizo hal etilgan kunda og'zaki elon qilingan Apellyatsiya Birinchi darajadagi imperator yoki praefecti praetorio tomonidan chiqarilgan qarorlar har doim huquqiy jihatdan ustun bo'lgan. Boshqa sudyalar tomonidan chiqarilgan qarorlar har doim ham huquqiy kuchga ega bo'lavermagan, chunki ularning qabul qilgan qarori ustidan norozi tomon yuqori sud organiga shikoyat - appelatio berishi mumkin bo'lgan. Shikoyat qaror qabul qilingan zahotiyoq berilgan. Qarorni bekor qilish bo'yicha asoslar yozma ravishda sudga 2-3 kun ichida berilgan. Quyi darajadagi (qaror chiqargan) sud yuqori sudga ma'lumot tayyorlagan va bu ma'lumot shikoyatchiga u yuqori sudga shikoyat qila olishi uchun berilgan. Yuqori sud organi ishni qayta ko'rib chiqib, ish bo'yicha oxirgi qarorni qabul qilgan Sud karorlalini huquqiy oqibatlari 1) sud qarori konsumptiv harakatga ega, yani da'vogar qo'zg'atilgan davo bo'yicha o'sha javobgarga aynan shu buyum yuzasidan yangi davo qo'zg'atishi mumkin emas, agarda da'vogar shunday davo qo'zg'atsa, davo exceptio rei judicatae yordamida rad etilgan; 2) to'g'ri qabul qilingan qaror uning haqiqiyligi, yani rei judicatae pro veritate accipitur to'g'risida fikr keltirib chiqargan, buning asosida tomonlar o'rtasidagi barcha munosabatlarni tartibga solish shart bo'lgan; 3) sud qarorining haqiqiyligi to'g'risidagi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
737.8 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
737.8 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: pptx