Qadimgi sharq Yunoniston va Rim davlati va huquqi

Qadimgi sharq Yunoniston va Rim davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Qadimgi sharq Yunoniston va Rim davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi sharq Yunoniston va Rim davlati va huquqi Reja: Qadimgi Misr va Bobilning davlati va huquqi Miloddan avvalgi V va IV ming yilliklarda dehqonchilik va hunarmandchilik Qadimgi Misr huquqining asosiy belgilari. Qadimgi Misr va Bobilning davlati va huquqi Taxminan miloddan avvalgi VII-II minginchi yillarda, ya'ni neolit inqilobi davriga kelib jamiyatda o'zlashtiriluvchi xo'jalik (termachilik, ovchilik, baliqchilik)dan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi bilan jamoa-urug'chilik tashkilotlari tashkil topadi. Davlat va huquq tarixidan oldingi davrning muhim bosqichi - bu jamoa tepasida turuvchi murakkab tuzilmalarning va ularga mos bo'lgan ijtimoiy-me'yoriy tartibga solish mexanizmlarining tashkil topishi bilan bir qatorda, o'z mazmuniga ko'ra davlatdan oldingi jamiyatni boshqarishning tamomila yangi asoslarining shakllanishi bo'lgan. Ijtimoiy mehnat taqsimotining muhim turlari bilan bir qatorda boshqaruvchilik faoliyatining ham ajralib chiqishi va sekin-asta ixtisoslashib - doimiy kasbga aylanib borishi sodir bo'lgan. Jamiyat a'zolarining boshqaruvchi va boshqariluvchi guruhlarga bo'linishi davlatning tashkil topishidagi oxirgi bosqich hisoblanadi. Dastlabki davlat tashkilotlari shahar-davlatlar nomini olgan. Bunday davlatlar Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV-II ming yilliklardayoq tashkil topgan edi. Antik dunyoda esa sivilizatsiya va davlatchilikka o'tish birmuncha keyinroq sodir bo'lgan. Yevropaning ko'pgina xalqlarida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va davlatning tashkil topish jarayoni o'rta asrlarda nihoyasiga yetgan. Afrika, Polineziya va yer yuzining boshqa ba'zi joylarida to XIX-XX asrlargacha davlatdan oldingi oila-urug' munosabatlari mavjud bo'lgan va bu yerlarda davlatning tashkil topishi tabiiy rivojlanish natijasida emas, balki Yevropamamlakatlari mustamlakachiligi oqibatida yuz bergan. Ilk davlat va huquqning vujudga kelishidan oldin «Qadimgi Sharq» tushunchasiga to'xtalib o'tish lozim. Qadimgi zamonda yunon-rimliklar dunyosidan sharqda va janubi-sharqda joylashgan mamlakatlarning jamini «qadimgi sharq» deb ataymiz. Sharq haqida gapirar ekanmiz, Yevropabilan bog'liq bo'lgan janubiy Osiyo hamda qisman Shimoliy Afrika mamlakatlari va xalqlarini, shuningdek Hindiston va Xitoyni nazarda tutamiz. Kishilik jamiyati rivojlanishidagi eng muhim ijtimoiy va siyosiy institutlar, davlat, huquq, jahon dini ilk bor Sharqda vujudga kelgan. Eng qadimgi yozuv tizimlari ham dastlab sharqda paydo bo'lgan. Sharqdagi asosiy mamlakatlar (ikki daryo oralig'i, Misr, Hindiston, Xitoy), keyinchalik esa boshqa mamlakatlar ham o'zlarining geografik qulay joyda joylashganliklaridan juda barvaqt foydalana boshlaganlar. Ularning barvaqt rivojlanishi qulay muhitda joylashganligi bilan bog'liqdir. Tabiiy sharoitlar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tashkilotlar taraqqiyotini tezlashtirgan. Yunon-rim dunyosi esa sharq xalqlari yutuqlaridan foydalanib ilgarilab ketadi. Sharq va G'arbning taraqqiyot yo'li bir-biridan farq qiladi. Sharqda xususiy mulkchilik munosabatlari, bozorga asoslangan xususiy tovar ishlab chiqarish munosabatlari muhim o'rin egallagan. G'arbda esa xususiy mulkchilik hukmronlik qilgan. Qadimgi Sharq va antik dunyo davlatlarining o'ziga xos xususiyatlari ularning mohiyatini to'g'ri va to'liq anglashga yordam beradi. Sharq davlatlarining kelib chiqishi va rivojlanishidagi o'ziga xos jihatlar ularning ijtimoiy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.18 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.18 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga