Qadimgi sharqda siyosiy va huquqiy ta'limotlar Reja: 1. Qadimgi Sharqda siyosiy-huquqiy ta'limotlarni paydo bo'lishi. Qadimgi Misr, Bobil, 2. Hindiston va Xitoyda siyosiy va huquqiy ta'limotlar 3. Qadimgi Turonda siyosiy va huquqiy ta'limotlar Qadimgi Sharqda siyosiy-huquqiy ta'limotlarni paydo bo'lishi Sharqda (qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Turon va eron mamlakatlari) g'arbda (qadimgi YUnon, Rim mamlakatlari) siyosiy va hukuqiy qarashlarning kelib chiqishi ilk bosqichlarida mifologik afsonaviy g'oyalar asosida rivojlangan. Mifologiya inson, jamiyat, hokimiyat, davlat, huquq va qonunlarni baholaydigan holda ilohiy kuchlar faoliyati bilan bog'lagan. yerdagi voqealarning ilohiyot bilan bog'lanish usullari va xarakteri qadimgi xalqlarda turli xil hal qilingan yoki aks ettirilgan. Bu munosabatlar, ya'ni yerdagi siyosiy, huquqiy tartiblarning, hukmronlikning iloxiy ildizlari, sabablari haqidagi tasavvurlar, siyosiy va hukuqiy qarashlar asrlar davomida rivojlandi. Turli yo'nalishdagi ta'limotlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. qadimgi Sharq xalqlari tarixida mavjud bo'lgan mifologiyalarda xudo barcha borliqning yaratuvchisidir. qadimgi Vaviloniya va Hindistonda esa xudo jamiyatni, odamlarni yaratgan, odamlarga boshqarish usulini ham o'rgatgan, u hamma vaqt tanho butun olamning boshqaruvchisi sifatida tasvirlanadi. qadimgi yahudiylarning diniy mifologik tasavvurlarining o'ziga xos tomonlari shundaki, yagona xudo barcha yaxudiy xalqlar bilan alohida shartnoma tuzgan, u barcha yaxudiylarning rahnomasi va boshlig'idir. yaxudiylarning barchasi muqaddas g'oyalarini Muso payg'ambar bevosita xudoning o'zidan olgan. Unga vaqtincha yerda hukmronlik qilish, odamlarni boshqarish vazifasi xudo tomonidan topshirgan. Og'ir kunlarda zarur bo'lsa u o'zi davlatni, mamlakatni boshqaradi. Qadimgi Xitoy xalqlarida mavjud bo'lgan afsonalarga ko'ra barcha yerdagi hodisalar, odamlar hayoti yagona xudo tomonidan boshqariladi. Faqat bosh hukmdor-imperator xudoga eng yaqin odam hisoblanadi. Qadimgi Misr xalqlarida keng tarqalgan g'oyalarga ko'ra, barcha haqiqat, Adolat, odil ,sudlov (Maat) xudo tomonidan boshqariladi.Sud'yalar Maat tasviri tushirilgan tumorlaryi taqib yurganlar.yerdagi barcha tartibotlar, siyosat, qonunlar, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, bosh ijodkorga sig'inish «Ptaxotep nasihatlari (eramizgacha XXVII asr) kabi qadimgi yozma manbalarda o'z aksini topgan. «Ptaxotep nasihatlari» da ta'kidlanishicha, barcha erkin fuqarolar tabiiy ravishda bir-biriga tengdir, har bir insonning xatti-harakatlari adolat va yaxshilik me'yorlariga mos bo'lishi kerak. Albatta bu talablar qadimgi misr jamiyatining yuqori tabaqa vakillarga tegishli edi. Aholining ko'pchiligini tashkil etgan qullar bundan tashqarida edi. Shuni ta'kidlash joizki, qadimgi siyosiy-huquqiy ta'limotlar avvalambor xalq og'zaki ijodida keyinchalik yozma manbalarda afsonaviy qahramonlar, xalq xaloskorlari xudolar to'g'risidagi yozma manbalarda ifodalangan bo'lsa, keyinchalik Avesto (Axura Mazda) hamda Spitomen haqidagi afsonoviy diniy ta'limotlarga muxolifat sifatida dunyoviy ta'limotlar ham taraqqiy etdi. Masalan, qadimgi YUnon mutafakkirlari Suqrot, Aflotun, Arastu sharqda esa Farobiy kabilar asarlarida o'z ifodasini topdi. Qadimgi Vaviloniyada tarqalgan mifga ko'ra, adolat homiysi, ezilganlarni himoya qiluvchi xudo Shaman bo'lib, u barcha adolatsiz va yomonlikni keskin ja'zolardi. Kimdakim Shamanning adolatli, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
80.05 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
80.05 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc