Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bo'lishi va rivojlanishi

Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bo'lishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Huquq
Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bo'lishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bo'lishi va rivojlanishi Reja: Urug'-qabila, qabilalar ittifoqining tashkil topishi. Urf-odatlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita. Qadimgi Turon hududida davlat va huquqning paydo bo'lishi. «Sug'd» hujjatlari- qadimgi huquqiy manba. Ajdodlarimiz bundan yarim million yil muqaddam ana shu joyda, ikki azim daryo O'kuz (Amu) va Inju Ukuz (Sir) oralig'ida hamda ularning tevarak atrofida yashab kelganlar deb ta'kidlaydi tarixchi olim B.Axmedov. Milloddan ilgari IV minginchi yillarda yashagan xalqlarning nomlari bizgacha yetib kelmagan. Ba'zi bir fikrlarga ko'ra bu davrda yashagan xalqlar massagetlar va alanlardan iborat bo'lgan. Shuningdek eramizdan avvalgi II-II-minginchi yillarda ham ibtidoiy jamoa tuzumi mavjud bo'lib, ona urug'i matriarxat hukmronlik qilgan. Eramizdan avvalgi II-mingginchi yillarning boshlarida esa jezdan yasalgan qurollar bilan ovchilik va dehqonchilik keng ri-vojlangan. Shu davrning oxirlarida vohalarda baqtriyaliklar, sug'diyonaliklar, xorazmliklar, parfiyaliklar, chochliklar, ularning atrofidagi dasht, cho'l, sahrolarda, tog' oldi tumanlarida sak va massaget kabi qabilalar yashagan. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning boshlaridayoq, Markaziy Osiyo hududida 20 ga yaqin qabilalar bo'lib, ular bir necha qabilalar ittifoqiga birlashgan edilar. Bular orasida bir necha sak qabilalarni birlashtiruvchi massagetlar ittifoqi alohida mavqei bilan ajralib turgan. Tarixchi olim Bichirunning fikriga ko'ra: Eng qadimgi turkiy xalqlarning avlodlari eramizdan XXV asr ilgari hanxidan qashg'argacha undan butun Turkistonning osmon o'par tog'lar orasidagi vohalar, Pomir tog'larining Farbiy tekisliklari, Amu va Sir havzalari, Ural va Oltoy tog'larining bo'ylarida yashaganlar. Shuningdek, Gerodot «Tarix» asarida «massagetlar deganda faqat turkiylarni nazarda tutmoq kerak» deb yozadi. Qabilalarga birlashgan urug'lar a'zolari umumiy mehnat bilan shug'ullanganligi, mulkdan teng foydalanganligi, erkaklar bilan xotin-qizlarning teng huquqli bo'lib, urushlarda erkaklar bilan bir qatorda xotin-qizlar ham ishtirok etganligi, har qabilaning o'z boshliqlari bo'lganligi, ayrim qabilalarning boshliqlari ayollar bo'lganligi, qabilaning umumiy manfaati bilan bog'liq bo'lgan masalalar qabila a'zolari yig'ilishida muhokama qilib, hal etilganligi har bir qabila, urug' o'z urf-odatlari, qoidalari mavjudligi haqida ayrim ma'lumotlar bizga yetib kelgan. Qadimgi turkiy xalqlarning ham asosiy dini tabiatga, quyoshga sig'inishdan iborat bo'lgan. Ular ertalab chiqib kelayotgan quyoshga ta'zim qilganlar. Qadimgi Turonda turkiy xalqlarda yozma qonunchilikka qadar odat huquqi amal qilib kelgan. Odat ma'lum bir xalqning urf-odat huquqi normalarining yig'indisidir. Odat - deb ma'lum bir joyning yozilmagan avloddan avlodga o'tib kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan rasm-rusumlar va tartiblardan kelib chiqadigan qoidalar yig'indisiga aytiladi. Turkiylarning qadimgi ajdodlariga taalluqli odat huquqlaridan deyarli barcha davrlarda amal etilgan. Jumladan, jangda vafot etgan akaning xotiniga ukasini uylanish odati mavjud bo'lgan. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad naslni, oilani saqlab qolishga va davom ettirishga qaratilgan. Xunlar davlatidagi qabilalardan birida nikohga kirishdan 3 oy oldin bo'lajak kuyov ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.75 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.75 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga