Qadimgi Turon hududida davlat va huquqning paydo bo'lishi va rivojlanishi

Qadimgi Turon hududida davlat va huquqning paydo bo'lishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Huquq
Qadimgi Turon hududida davlat va huquqning paydo bo'lishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Turon hududida davlat va huquqning paydo bo'lishi va rivojlanishi Reja: O'zbekiston Respublikasi hududida urug'chilik tuzumi O'zbekiston Respublikasi hududidagi ilk davlatlar O'zbekiston Respublikasi hududida Ahamoniylar hukmronligi davrida davlat tuzumi Makedoniyalik Iskandar tomonidan O'zbekiston hududining bosib olinishi va uning siyosiy-huquqiy oqibatlari Xunnular, Kushonlar va Eftaliylar davlat tuzumi Qadimgi davrda O'zbekiston Respublikasi hududida huquq Qadimgi Turon hududida urug'chilik tuzumi, boshqaruv organlari va ijtimoiy normalar O'zbekiston Respublikasi hududida qachondan boshlab odamlar istiqomat qila boshlagan degan savolga hozirgacha yagona javob berilganicha yo'q. Mazkur masalada olimlarning fikri turlicha. Bir guruh olimlar Markaziy Osiyoda dastlabki odam izlari bundan 500 ming yil ilgari paydo bo'lgan degan g'oyani ilgari surishadi. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, bundan 800 ming yil ilgari ushbu makonda odamlar istiqomat qilishgan. Uchinchi fikr bo'yicha, bu muddat 500-600 ming yilni tashkil qiladi. Tadqiqotchilarning qayd qilishlaricha, Markaziy Osiyo hududida istiqomat qilgan qadimgi odamlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanmasdan, tabiat ato qilgan nematlarni istemol qilib, tabiiy boshpanalardan foydalanib hayot kechirganlar. Bu davr tarix fanida qadimgi tosh davri, yani paleolit davri deb ataladi. Mazkur davr uchta bosqichga: ilk paleolit, o'rta paleolit va so'nggi paleolitga bo'linadi. Ilk paleolit davri miloddan avvalgi 800-100 minginchi yillarni o'z ichiga oladi. Bu davrda odamlar oddiy mehnat qurollari yasash va ulardan o'z ehtiyojlarini qondirishni o'rganganlar. Tarixchi olimlar Farg'ona viloyatining So'x tumanidagi Seleng'ur g'orida va Toshkent viloyatining Ohangaron shahri yaqinidagi Ko'lbuloq degan joyda qadimgi odamlar istiqomat qilganliklarini aniqlaganlar. O'rta paleolit miloddan avvalgi 100 minginchi yildan 40 minginchi yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Mazkur davrda Osiyo mintaqasida ob-havoning keskin sovishi odamlarni olovdan foydalanish, turar joy izlash va qurishning choralarini ko'rishga majbur qilgan. Bu davrda Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari Surxondaryo viloyatidagi Teshiktosh, Samarqand viloyatining Omonqo'ton, Qo'tirbuloq, Zirabuloq, Xo'jamazgal, Toshkent viloyatining Obirahmat, Xo'jakent, Paltov, Navoiy viloyatining Uchtut, Tojikistonning Jarqo'rg'on va Qirg'izistonning Tossar, Georgiy kabi manzilgohlarida istiqomat qilganligi haqida ma'lumotlar bor. Yuqori paleolit davri bundan 35-40 ming yil ilgari boshlanib, miloddan avvalga 12-10 ming yillikkacha davom etgan. Bu davrda Markaziy Osiyoda iqlimning quruq va mo'tadil tomonga o'zgarishi tabiatga, insonning biologik va jismoniy tuzilishiga, ongiga jiddiy ta'sir ko'rsatgan. Odamlar ishlab chiqarish qurollarini takomillashtirishgan, tasviriy san'at sohalarida bir qator yutuqlarni qo'lga kiritishgan. Mazkur davrda ijtimoiy hayotda ayol rolining oshishi, oila-nikoh munosabatlarini malum tartibga solishga intilish, diniy e'tiqodlar va marosimlarning shakllanishi kabilar ko'zga tashlanadi. Ushbu davrda Markaziy Osiyoning 30 ga yaqin joylarida qadimgi odamlar istiqomat qilgan manzilgohlar aniqlangan. Samarqand shahri istirohat bog'i hududidagi, Buxoro viloyati Qoratov tog'ining yon bag'ridagi, Ohangaron ustaxonalaridagi, To'ytepa, Ko'kbuloq makonlaridagi, Oqtosh g'oridagi manzilgohlar shular jumlasidandir. Bundan 12-10 ming ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.17 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.17 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga