qadimgi va o'rta asrlarda xitoyda huquqning asosiy belgilari REJA: Qadimgi Xitoy huquqiy tizimining muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, bu yerda huquqning shakllanishida ikkita bir-biriga qarama-qarshi falsafiy diniy-huquqiy ta'limot - konfutsiylik va legizm o'rtasidagi g'oyaviy kurash juda katta ahamiyatga ega bo'lgan. O'rta asrlarda Xitoyda huquqning rivojlanishi asosan jinoiy-huquqiy normalarni ishlab chiqish, taba-qaviy-darajaviy farqlarni, aholining soliq majburiyat-larini, davlat yerlarini ushlab turuvchilarining turli toifalarini, shuningdek, davlat mulkini saqlash uchun, davlat xazinasini to'ldirish uchun Mas'ul bo'lgan shaxslarning majburiyatlarini tartibga solish yo'lidan bordi. Bularning hammasi o'zaro bir-biriga bog'liq normalar bo'lib, ko'p sonli huquqiy yodgorliklarning, sulolalarning kodekslar deb nom olgan qonunlar to'plamlarining mazmunini tashkil etdi. KIRISH Qadimgi Xitoyda huquqning asosiy belgilari Miloddan avvalgi VI asrda xitoyliklar orasida asrlar davomida shubhasiz katta obro'-e'tiborga sazovar bo'lgan Konfutsiy o'z ta'limotini yaratgan. Konfutsiylikning asosiy falsafiy g'oyasi - uyg'unlik g'oyasi bo'lib, unga ko'ra, uyg'unlik umumiy kosmogonik40 tartibning, dunyodagi muvozanatning va, demak, odamlar baxtining asosiy shartidir. Bu g'oya o'z ichiga odamlar va tabiat o'rtasidagi uyg'unlik singari, odamlarning tabiiy tartibga, ya'ni yaxshi fazilatlar va axloq-odobga mos kelishi lozim bo'lgan yurish-turishlarida ifodalanadigan o'zlari orasidagi uyg'unlikni ham qamrab oladi. Konfutsiylik axloqida hukmron bo'lgan me'yorlar bundan buyon kuch bilan, qattiq qonun (fa) jazosi bilan o'rnatilishi lozim bo'lgan. Bu ortodoksal konfutsiylikning quyidagicha qisqa va aniq qoidasida ham o'z aksini topgan: qayerda li kamlik qilsa, o'sha yerda fani qo'llash lozim, yoki nima fa bo'yicha jazolansa, u li bo'yicha ruxsat etilmaydi, nimaga li bo'yicha ruxsat etilgan bo'lsa, uni fa bo'yicha jazolash mumkin emas. Konfutsiylik va legizmning qo'shilishi shunga olib keldiki, li me'yorlari endi majburiylik va rasmiylik xarakterini olgan, huquqqa esa o'sha vaqtda muqaddaslashtirilgan ko'pgina konfutsiylik asarlari - Chjou li, I li , Li szi kabilar ko'chirilgan. Bu asarlarda miloddan avvalgi 1 ming yillik 2-yarmi boshlaridayoq konfutsiylarning axloq me'yorlari sistemalashtirilgan va mustahkamlangan edi. HUQUQ MANBALARI Miloddan avvalgi X asrda Chjou davlatida van - Mu tomonidan 300 ta moddaga ega bo'lgan Jinoyat kodeksi - ja'zolar haqidagi qonunnoma ishlab chiqilgan. aybni yengillashtiradigan va og'irlashtiradigan holatlar haqida gapirilgan, ehtiyotsizlikdan va qasddan qilingan xatti-harakatlar bir-biridan ajratilgan. Qonunnoma alohida sud qarorlari yozuvi bo'lganligi ehtimoldan holi emas, unda avvalo odat huquqi me'yorlari mustahkamlangan. Xitoyda yozma qonunlarning bir muncha keng tarqalishi miloddan avvalgi VI-V asrlarga to'g'ri keladi. Bu qadimgi xitoy jamiyatining tabaqalashuvi kuchayishi bilan bog'liq. Miloddan avvalgi VI asrda Lu podsholigida qabul qilingan yer solig'i haqidagi jamoa yer egaligining tugatilganligi va xususiy yer egaligining o'rnatilganligi ham bejiz emas. O'rta asrlarda Xitoyda ayniqsa Chjango davrida qonunchilik faoliyatining juda tez. rivojlanishi eslatib o'tiladi. Bu miloddan avvalgi V-II asrlarda alohida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.08 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.08 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: pptx