Qadimgi Xitoy va Hindiston davlati va huquqi Reja: Qadimgi Hindiston davlati. Qadimgi Hindiston huquqining asosiy belgilari. Nikoh-oila munosabatlari. Qadimgi Xitoyning davlat tuzumi. Qadimgi Xitoy va Hindiston davlati va huquqi Qadimgi Hindiston davlati. Bundan 400 yil ilgari Hind havzasida vujudga kelgan Xarappa va Mohenjo-Daro (hozirgi nomlari, ularning qadimgi nomlari yetib kelmagan) qadimgi sivilizatsiyaning katta shaharlari hisoblangan. Arxeologik qazishmalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi II ming yilliklarda bu yerda shaharlar hunarmandchilik markazlari sifatida maydonga chiqqan, dehqonchilik va savdoning rivojlanishi, mulkiy tabaqalashuv kuchaygan. Miloddan avvalgi II ming yillik o'rtalarida ilk hind shahar-davlatlari va madaniyati tushkunlik davrini boshidan kechirgan. Uning markazlari inqirozga yuz tutgan. Bu jarayon shimoliy-g'arbdan hind-ariy qabilalarining kirib kelishi bilan nihoyasiga yetgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning o'rtalaridan I ming yillikning birinchi yarmigacha bo'lgan davr tarixshunoslikda veda davri deb yuritiladi va Hindiston tarixining aynan shu bosqichida sinfiy jamiyat va davlatning tashkil topishi yuz bergan. Ishlab chiqarish sohasidagi ulkan yutuqlar jamiyatning tabaqalashuviga olib kelgan. Ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi bilan qabilaning saylab qo'yiladigan harbiy boshlig'i - roja barcha boshqaruv organlarini o'ziga bo'ysundirib, mansabning meros tariqasida o'tishiga erishadi. Rojaning saylanishiga ta'sir ko'rsatgan xalq majlislarining roli ham rojalar hukmronligi kuchayishi bilan kamaya boshlagan. Ular rojalarning yaqinlaridan iborat zodagonlar majlisi bo'lib qolgan. Qabilaviy boshqaruv organlari asta-sekin davlat organlariga aylantirilgan. Davlat boshqaruvining yuqori lavozimlariga katta zodagonlar tayinlangan. Zodagonlar orasida podsholik kohini - puroxita, munajjim va roja maslahatchisi ham bo'lgan. Qabilaning ko'ngilli qo'shini harbiy boshliq (senani, senapati) boshchiligidagi doimiy qo'shinga o'sib chiqqan. Shu tariqa urug'-qabila tuzumi o'rnini davlatchilik tuzumi egallagan. Ta'kidlash kerakki, Qadimgi Hindistonda ilk davlat birlashmalari miloddan avvalgi I ming yillikda sodda qabilaviy davlatchalar shaklida tashkil topgan. Taxminan miloddan avvalgi IX-VII asrlarda ancha yirik davlatlar tashkil topa boshlagan. Miloddan avvalgi VI asrgacha shimoliy Hindistonda juda ko'p podsholiklar mavjud bo'lgan. Masalan, Gang havzasining o'zida 16 ta mayda davlat bo'lib, ulardan biri - Magadxa shu davrning eng yirik va kuchli davlati bo'lgan. Ayniqsa, miloddan avvalgi VI-II asrlarda Mauriylar sulolasi davrida bu davlat deyarli butun Hindiston hududini birlashtirib, juda qudratli davlatga aylanadi. Uning asoschisi grek-makedon bosqinchilariga qarshi kurashda xalq harakatlariga boshchilik qilgan mashhur hind arbobi Chandragupta (mil. avv. 321-298-y.)dir. Mauriylar sulolasi hukmronligi alohida bosqich sifatida qaraladi. Bu davrda ko'pgina davlat institutlariga asos solingan. Shunday bo'lsa-da, u turli davrlarda turli xalqlar va qabilalarning yig'indisidan iborat bo'lib kelgan. Natijada, kuchli qo'shin va mustahkam boshqaruv apparati bo'lishiga qaramay, davlat birligini saqlay olishmagan. Keyingi davrni qadimgi Hindiston tarixida ancha beqaror davr deyish mumkin. Miloddan avvalgi II asrda Hindiston bir qancha mayda davlatlarga bo'linib ketadi. Miloddan avvalgi 190-yillarda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.53 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.53 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc