Qadimgi yunon (Gretsiya)da siyosiy va huquqiy ta'limotlar

Qadimgi yunon (Gretsiya)da siyosiy va huquqiy ta'limotlar

O'quvchilarga / Huquq
Qadimgi yunon (Gretsiya)da siyosiy va huquqiy ta'limotlar - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Yunon (Gretsiya)da siyosiy va huquqiy ta'limotlar Reja: 1. Qadimgi Yunon siyosiy va huquqiy ta'limotlarining o'ziga xos qirralari 2. Platon (Platon)ning Arastu (Aristotel)ning davlat va huquq 3. Arastu (Aristotel)ning davlat va huquq to'g'risidagi ta'limoti Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi birinchi ming yillik boshlarida davlatlar paydo bo'ladi. Mustaqil polislar-shahar davlatlar yon atrofidagi qishloqlarni ham o'z ichiga oladi. Ibtidoiy tuzumdan ilk sinfiy tuzumga o'tganda jamiyatni siyosiy jihatdan tashkillashga katta e'tibor beriladi, bu ishlar aholini sotsial tabaqalashtirishni kuchatirib yuboradi va ular o'rtasida ziddiyatlar avj ola boshlaydi. Bu sharoitda polislar ichida ham, tashqarisida ham hokimiyat uchun kurash keskinlashadi. Davlatlarni boshqarishning turli shakllari kelib chiqadi. Eramizgacha IV-V asrlarda Afinada, Abdirda demokratiya qaror topadi, Fiva, Megerada Oligarxiya, Spartada aristokratiya shakllari davlatchilikning turli yo'sindagi boshqarish shakllarini keltirib chiqaradi. Qadimgi Gretsiyada paydo bo'lgan va asta-sekin rivojlanib borgan siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixini uch davrga bo'lish mumkin. Ilk davr (eramizgacha IX-V asrlar) qadimgi grek davlatlarining paydo bo'lish davrini o'z ichiga oladi. Bu davrda siyosiy va huquqiy tasavvurlarning mifologiyadan ozod bo'la boshlashini, ratsionallashuvini kuzatish mumkin. bu jarayon Gomer, Gesiod va mashxur yetti donishmandlar ijodida o'z ifodasini topgandir. Shu davrda davlat va huquq muammolariga falsafiy yondashish ham shakllana boshlaydi (Pifagor va uning izdoshlari, Geraklit). Ikkinchi davr (eramizgacha V va IV asrning birinchi yarmi. Bu davr qadimgi grek falsafiy siyosiy va huquqiy ta'limotlarning gullagan davri. Bu davrda Demokrit, Suqrot, Ploton, Arastu falsafiy, siyosiy va huquqiy ta'limot shakllandi va rivojlandi. Uchinchi davr (IV asrning ikkinchi yarmi va II asrgacha). Bu davr tarixga ellinizm davri bo'lib. Bu davrning muhim belgisi grek davlatchiligining tanazzulga yuz tutgan davri. Grek polislari dastlab Makedoniya, so'ngra rim tasarrufiga o'ta boshlaydi. Bu davrdagi siyosiy va huquqiy qarashlar Epikur, stoiklar va Polibiy ijodida o'z aksini topdi. Qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan va rivojlangan ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlar tarixini Gomer va Gesiod dostonlarini tahlil qilishdan boshlaymiz. Bu buyuk shaxslar yaratgan dostonlarda jamiyatda paydo bo'lgan ijtimoiy muammolar xudolar obrazlari orqali izchil ta'svirlagandir. Adolat, qonunchilik va polis hayotiga oid boshqa tushunchalarning mohiyati, yo'nalishlari va shakllanishi eng avvlo Zevsning faoliyati bilan bog'lanadi. Bosh Xudo Zevs barcha xudolarni iskanjaga olib, adolat o'rnatishni talab qilgan. Gomer poemalarida Zevs xuddi mana shu tartibda, ya'ni qattiqqo'l adolatli Bosh Xudo obrazida ifodalangan. Bunda adolat tushunchasi yerdagi voqealar bilan bog'langan holda izohlanadi. Yerdagi oddiy qonun-qoida asoslari odamlarni birlashtiruvchi bir kuch, umuminsoniy qadriyat sifatida namoyon bo'ladi. Gesiod (eramizgacha VII asr) asarlarida adolat, huquq-tartibot tushunchalari yanada yorqinroq ifodalangan. Uning «Teogoniya», «Mehnat va kunlar» nomli asarlarida turli tamoyillarga ega bo'lgan axloqiy-huquqiy normalar ta'riflanadi va himoya qilinadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.55 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.55 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga