MAVZU: Qadimgi Yunoniston davlati va huquqi Reja : Qadimgi Yunoniston davlati Qadimgi yunonlarda shahar-davlatlarning ichki tuzilishi Antik dunyoda davlatning vujudga kelishi va polis tizimi Antik dunyo davlatlarida huquqning umumiy va o'ziga xos xususiyatlari Qadimgi Yunoniston - Bolqon yarim oroli, Egey va O'rta yer dengizlaridagi bir qancha orollarni o'z ichiga olgan mamlakat. U tabiiy jihatdan 3 qismga: Shimoliy Yunoniston, O'rta Yunoniston va Janubiy Yunoniston (Peloponnes)ga bo'linadi. Maydonining 23 qismi tog'liklardan iborat. Yunoniston tarixi Qadimgi Sharq mamlakatlari tarixi bilan bir vaqtda va u bilan o'zaro aloqador holda rivojlangan. Qadimgi Yunoniston davlati Polis deb atalgan shahar-davlatlar Polis deb atalgan barcha shahar-davlatlar o'z armiyasiga ega bo'lgan (yunoncha polis so'zi shahar ma'nosini anglatadi). Polislar bir-birlari bilan teztez jang qilib turar, shuning uchun ham askarlarga ta'lim-tarbiya berish va durust qurollantirishga intilar edi. Armiyaning asosini og'ir qurollangan askarlar - goplitlar tashkil etgan.Ularto'rtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga zich joylashgan qatorlar bilan jang qilishgan. Jangovar safga shu tariqa tizilish esa falanga deb atalgan. Davlatlarni boshqarishning turli shakllari kelib chiqadi. Afinada, Abdirda demokratiya qaror topadi, Fiva, Megerada Oligarxiya, Spartada aristokratiya shakllari davlatchilikning turli yo'sindagi boshqarish shakllarini keltirib chiqaradi. qadimgi Gretsiyada paydo bo'lgan va asta-sekin rivojlanib borgan siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixini uch davrga bo'lish mumkin. Ilk davr (eramizgacha IX-V asrlar) qadimgi grek davlatlarining paydo bo'lish davrini o'z ichiga oladi. Afina davlati O'rta Yunonistonning janubi sharqiy qismida tog'lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil. avv. 2-mingyillikda Attikaning g'arbiy qismida yunonlar Akropof, ya'ni Yuqori shahar deb atalgan qal'a quradilar. Bora-bora Akropol tevaragiga odamlar ko'chib kelib o'rnasha boshladilar, shu tariqa Afina shahri dunyoga keldi. Attika aholisi Attika aholisi uch katta guruhga bo'lingan edi, jumladan: qullar, ajnabiylar (meteklar) va fuqarolar. Otasi va onasi ozod afinalik bo'lgan erkaklargina Afina fuqarosi bo'la olar edi. Afina davlati fuqarosi bo'lish nafaqatfaxrli, qolaversa foydali edi, negaki miloddan avvalgi V asrdan boshlab davlat organlarida ishlashga muayyan haq to'lana boshladi. Gomer jamiyatida patriarxal qullik mavjud bo'lib, u basileylarning xo^jaliklarida joriy etilgan. Qullar asosan harbiy asirlardan to'plangan, bundan tashqari qul sotish va sotib olish hollari ham bo'lgan. Erkak qul-larni cho'pon va bog'bon qul chorilarni esa uy-rozg4or ishlarida oqsoch, yarg'ichoqda un tortuvchi, mato tovquvchi sifatida ishlatganlar. Har qan-day itoatsizlik uchun qul yoki cho'rini xcTjayin qattiq qiynab o'ldirishi mumkin edi. Qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan va rivojlangan ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlar tarixini Gomer va Gesiod dostonlarini tahlil qilishdan boshlaymiz. Bu buYuk shaxslar yaratgan dostonlarda jamiyatda paydo bo'lgan ijtimoiy muammolar xudolar obrazlari orqali izchil ta'svirlagandir. Adolat, qonunchilik va polis hayotiga oid boshqa tushunchalarning mohiyati, yo'nalishlari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
794.98 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
794.98 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: pptx