Qadimgi yunonistonda siyosiy va huquqiy ta'limotlar Reja: 1. Qadimgi Yunonistonda siyosiy va huquqiy ta'limotlarining asosiy yo'nalishlari. 2. Qadim Yunonistonning ilk davrdagi siyosiy-huquqiy fikrlari. 3.Yunonistonning eng rivojlangan davri siyosiy-huquqiy qarashlari. 4.Ellinizm davri (m.av. IV-II asarlar) siyosiy-huquqiy ta'limotlari. 1.Qadimgi Yunonistonda siyosiy va huquqiy ta'limotlarining asosiy yo'nalishlari. Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi birinchi ming yillik boshlarida davlatlar paydo bo'ladi. Mustaqil polislar shahar davlatlar yon atrofidagi qishloqlarni ham o'z ichiga oladi. Ibtidoiy tuzumdan ilk sinfiy tuzumga o'tganda jamiyatni siyosiy jihatdan tashkillashga katta e'tibor beriladi, bu ishlar aholini sotsial tabaqalashtirishni kuchaytirib yuboradi va ular o'rtasida ziddiyatlar avj ola boshlaydi. Bu sharoitda polislar ichida ham, tashqarisida ham hokimiyat uchun kurash keskinlashadi. Davlatlarni boshqarishning turli shakllari kelib chiqadi. Eramizgacha IV-V asrlarda Afinada demokratiya qaror topadi, Fiva, Megerada Oligarxiya, Spartada aristokratiya shakllari davlatchilikning turli yo'sindagi boshqarish shakllarini keltirib chiqaradi. Qadimgi Gretsiyada paydo bo'lgan va asta-sekin rivojlanib borgan siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixini uch davrga bo'lish mumkin. Ilk davr (eramizgacha IX-V asrlar) qadimgi grek davlatlarining paydo bo'lish davrini o'z ichiga oladi. Bu davrda siyosiy va huquqiy tasavvurlarning mifologiyadan ozod bo'la boshlashini, ratsionallashuvini kuzatish mumkin. bu jarayon Gomer, Gesiod va mashxur yetti donishmandlar ijodida o'z ifodasini topgandir. Shu davrda davlat va huquq muammolariga falsafiy yondashish ham shakllana boshlaydi (Pifagor va uning izdoshlari, Geraklit). Ikkinchi davr (eramizgacha V va IV asrning birinchi yarmi. Bu davr qadimgi grek falsafiy siyosiy va huquqiy ta'limotlarning gullagan davri. Bu davrda Demokrit, Suqrot, Platon, Arastularning falsafiy, siyosiy va huquqiy ta'limoti shakllandi va rivojlandi. Uchinchi davr (IV asrning ikkinchi yarmi va II asrgacha). Bu davr tarixda ellinizm davri bo'lib. Bu davrning muhim belgisi grek davlatchiligining tanazzulga yuz tutgan davri. Grek polislari dastlab Makedoniya, so'ngra rim tasarrufiga o'ta boshlaydi. Bu davrdagi siyosiy va huquqiy qarashlar Epikur, stoiklar va Polibiy ijodida o'z aksini topdi. 2.Qadim Yunonistonning ilk davrdagi siyosiy-huquqiy fikrlari. Qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan va rivojlangan ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlar tarixini Gomer va Gesiod dostonlarida ko'rish mumkin. Bu buyuk shaxslar yaratgan dostonlarda jamiyatda paydo bo'lgan ijtimoiy muammolar xudolar obrazlari orqali izchil ta'svirlagandir. Adolat, qonunchilik va polis hayotiga oid boshqa tushunchalarning mohiyati, yo'nalishlari va shakllanishi eng avvlo Zevsning faoliyati bilan bog'lanadi. Bosh Xudo Zevs barcha xudolarni iskanjaga olib, adolat o'rnatishni talab qilgan. Gomer poemalarida Zevs xuddi mana shu tartibda, ya'ni qattiqqo'l adolatli Bosh Xudo obrazida ifodalangan. Bunda adolat tushunchasi yerdagi voqealar bilan bog'langan holda izoxdanadi. Yerdagi oddiy qonun-qoida asoslari odamlarni birlashtiruvchi bir kuch, umuminsoniy qadriyat sifatida namoyon bo'ladi. Gesiod (eramizgacha VII asr) asarlarida adolat, huquq-tartibot tushunchalari yanada yorqinroq ifodalangan. Uning «Teogoniya», ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.9 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.9 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc